Noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarida “Moliyaviy savodxonlik asoslari” o‘qitilishi boshlanadi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator mazkur o‘quv qo‘llanmasini noiqtisodiy yo‘nalishda tahsil oluvchi talabalarga o‘qitish maqsadida mamlakatdagi 37ta OTM bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Uning doirasida, 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tavsiyasi asosida qo‘llanma o‘quv jarayoniga kiritiladi.
Hududlarda “Moliyaviy savodxonlik asoslari"ni o‘qitishga mas’ul bo‘lgan 81 nafar professor-o‘qituvchilar uchun Markaziy bank tomonidan onlayn va oflayn treninglar o‘tkazildi.
Loyihani amalga oshirish va o‘qitish jarayonida yuzaga keladigan savollar bo‘yicha regulyator tomonidan ekspert ko‘magi ko‘rsatiladi.
Unda ishtirok etishga qiziqish bildirgan OTMlardan tashabbuslar qabul qilinadi. Batafsil ma’lumotlarni (71) 212−73−56 va (71) 212−73−58 raqamlaridan olish mumkin.
2023-yilning oktabrida Markaziy bank moliyaviy savodxonlik bo‘yicha interaktiv platformani ishga tushirgandi.