“Microsoft"ning “Edge” brauzerida tez orada “YouTube”, “LinkedIn”, “Coursera"dagi videolarni tarjima qilish funksiyasiga paydo bo‘ladi. Bu haqda “The Verge” nashri xabar berdi.

Shuningdek, “Edge” “Reuters”, “CNBC” va “Bloomberg” kabi yangiliklar saytlarida videoni real vaqt rejimida tarjima qilishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Hozircha u ispan tilidan ingliz tiliga, shuningdek, ingliz tilidan nemis, hind, italyan, ispan va rus tillariga tarjimani qo‘llab-quvvatlaydi.

“Microsoft” kelajakda ko‘proq tillar va qo‘llab-quvvatlanadigan veb-saytlarni qo‘shishni rejalashtirmoqda.

Bunday tarjima funksiyasi qachon amalga oshishi hali noma’lum, biroq “Microsoft” uni yaqinda amalga oshishini bildirdi.

Funksiya sun’iy intellekt asosida ishlaydi va keyin uni ovozli qiladi yoki subtitrlarni taklif qiladi.

Videolarni foydalanuvchining ona tiliga tarjima qilishning qulay usulini taqdim etishdan tashqari, “Edge"ning yangi sun’iy intellekt xususiyati ham kar yoki eshitish qobiliyati past bo‘lganlar uchun videolarni yanada qulayroq qilishi kerak.

Bu “Microsoft” “Copilot” bilan integratsiyalashuvi orqali “Edge” brauzeriga qo‘shgan sun’iy intellekt xususiyatlari to‘plamini to‘ldiradi.


Avvalroq “Spot” “Microsoft” bitta tasvirdan video yaratadigan yangi neyron tarmoqni taqdim qilgani haqida yozgandi.

Foydalanish uchun rasm va audioni taqdim etish kerak. Algoritm tabiiy yuz ifodalari va turli xil his-tuyg‘ularga ega bo‘lgan gapiradigan odamni yaratadi.