Operatorning tarixi uzun: u 19 yil avval 2005-yilda tashkil etilgan, keyinchalik uni davlat tasarrufiga o‘tkazishgan, 2023-yilning noyabr oyida esa Paynet xususiylashtirilgan. Kompaniya birinchilardan bo‘lib Humo va Uzcard kartalariga foizsiz o‘tkazmalarni, shuningdek, to‘lovlardan 100%gacha keshbeklarni joriy qildi.

2023-yil avgust oyida brendni yangilash boshlandi — kompaniyada dizayn tizimi, brend va strategiya qayta ko‘rib chiqildi. To‘lov tizimi jamoasi mobil ilovaning funksionalini sezilarli darajada yaxshiladi. Ko‘pgina o‘zgarishlardan so‘ng, Paynet nafaqat o‘z o‘rnida qoldi, balki sezilarli ko‘rsatkichda o‘sishga ham muvaffaq bo‘ldi.

reklama

Insonlar haqida va insonlar uchun — xodimlar va davlat hayotida ishtirok etadi

Paynet o‘z faoliyati davomida turli hudud va viloyatlarni qamrab olib, yuzlab ish o‘rinlarini yaratdi. Qolaversa, kompaniya o‘z jamoasi uchun qo‘llab-quvvatlovchi va ilhomlantiruvchi ishchi muhitni yaratishga alohida e’tibor beradi.

Shu tariqa, Paynet har bir xodim o‘zini qadrli ishtirokchi sifatida his qiladigan va kasbiy rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘ladigan muhit yaratishga intiladi.

Bundan tashqari, kompaniya chekka tumanlar va qishloqlardagi o‘nlab agentlar bilan hamkorlik qilib, mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlash moliyaviy xizmatlardan foydalanishni ta’minlash orqali, mahalliy hamjamiyatlarning rivojlanishiga faol hissa qo‘shib kelgan. Bu tashabbuslar nafaqat bandlik manbai, balki mahalliy hamjamiyatlarni rivojlantirish katalizatoriga aylangan.

“Bizning mas’uliyatimiz shunchaki moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan chegaralanib qolmasligiga ishonamiz. Biz xodimlarimiz va mahalliy hamjamiyatlar hayotining faol ishtirokchisi bo‘lishga intilamiz. Maqsadimiz nafaqat muvaffaqiyatli biznes yuritish, balki mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishdir. Bizning ishimizda katta e’tibor odamlarga qaratilishi juda muhim”, — deb ta’kidlaydi Anvar Isamuxamedov.

Paynet mamlakatning raqamli transformatsiyasida muhim rol o‘ynaydi. Big Data tahlili kabi ilg‘or texnologiyalarni joriy etish kompaniya strategiyasining muhim elementiga aylanib bormoqda. Kompaniyada qaysi mahsulotlarga ko‘proq talab borligini tushunish uchun foydalanuvchi to‘lovlari bo‘yicha turli tadqiqotlar olib boriladi. Bularning barchasi foydalanuvchiga qulaylik yaratishga qaratilgan.

reklama

Foydaning ikki baravar o‘sishi — soliq to‘lovchilarning top-10ligidan kiritilgan

2023-yilda kompaniya mamlakatda amalga oshirilgan to‘lovlar soni bo‘yicha yetakchiga aylandi. O‘sha yilning o‘zida uning tovar aylanmasi 49,2 trln so‘mni, 2024-yilning birinchi uch oyida esa 20,2 trln so‘mni tashkil qildi. Bundan tashqari, xizmat ko‘rsatish sohasidagi soliq to‘lovchilarning top-10ligidan o‘rin oladigan Paynet kompaniyasi fintexning kam sonli vakillaridan biri hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning 1-choragidan 2024-yilning 1-choragigacha bo‘lgan davrda Paynet aylanmasi 74,7%ga o‘sib, 12,5 trln so‘mni tashkil etdi. O‘tkazmalar aylanmasi ham shu davrda sezilarli darajada oshib, 7,7 trillion so‘mga yetdi va 994,7%ga o‘sdi, bu kompaniyaning barqaror o‘sish sur’ati va mijozlar ishonchidan dalolat beradi.

Biznesning daromadi 253 mlrd so‘mni tashkil etib, bu 160,7%ga o‘sganligini ko‘rsatadi. Butun biznesning sof foydasi esa 200,7%ga oshib, 69 mlrd so‘mga yetdi.

Har oy to‘lov amalga oshiruvchi foydalanuvchilarning o‘rtacha soni 29%ga oshib, 18,8 mln kishini tashkil qildi. “Paynet” mobil ilovasini o‘rnatishlar soni 310%ga oshib, 5 mlnni tashkil etdi, faol foydalanuvchilar soni esa 5 barobarga ko‘payib, 1,7 mlndan oshib ketdi.

Bugungi kunda elektron to‘lovlar xizmatida 24 mingdan ortiq to‘lov shaxobchalari mavjud bo‘lib, ularda kuniga 2 mlnga yaqin tranzaksiyalar amalga oshirilmoqda.

reklama

Rebrending va xususiylashtirish — xususiy bo‘lmoqda va elektron tijoratni rivojlantirmoqda

Xususiylashtirish jarayoni boshlanganiga bir yildan oshdi. Shu vaqt ichida kompaniyada tizim qayta qurildi, yangi rivojlanish strategiyasi belgilandi, bugungi kunda esa foydalanuvchilar uchun yangi xizmatlarni joriy etish ustida faol ish olib borilmoqda — raqamli mahsulotlarni rivojlantirishga kirishildi.

To‘lov tashkilotlariga qo‘yiladigan me’yoriy talablar munosabati bilan, kompaniya Aksiyadorlik jamiyatiga aylanishga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yaqin kelajakda keng foydalanuvchilar doirasi uchun bir qator yangi mahsulot va xizmatlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan, bu esa kundalik to‘lovlarni yanada qulayroq qilish imkonini beradi.

Paynet kompaniyasining bosh direktori Anvar Isamuxamedov kompaniya uchun ijtimoiy tarkibga ta’sir ko‘rsatish — elektron tijoratni rivojlantirish, raqamli transformatsiyani rag‘batlantirish, yaxshiroq yechimlarni taklif qilish orqali odamlarning vaqt va resurslarini tejash, ish o‘rinlarini yaratish va eng muhimi, elektron to‘lovlarda shaffoflikni ta’minlash strategik jihatdan muhim ekanini ta’kidladi.

“Biz Paynet barqaror o‘sib borayotgani va mijozlar bazasini ko‘paytirishda davom etayotganidan faxrlanamiz. Bu ajoyib natijalar mijozlarning o‘zgaruvchan ehtiyojlariga moslashish va elektron to‘lovlar sohasida yetakchi bo‘lib qolishimizni tasdiqlaydi”, — deya qo‘shimcha qiladi Anvar Isamuxamedov.

reklama

Kelajakka nazar — ekotizim qurib, moliyaviy yechimlarni ishlab chiqmoqda

2023-yil avgust oyida kompaniya rebrending o‘tkazdi. Bugungi kunda Paynet kompaniyasining asosiy daromad manbalari agentlar tarmog‘i, infokiosklar va mobil ilova hisoblanadi. Shu sababli, operator rejasiga ushbu uchta yo‘nalishning ekotizimliligini rivojlantirish va to‘lov operatori orqali foydalanuvchilarning barcha asosiy moliyaviy muammolarini hal qilishga erishish kiritilgan.

Kelayotgan yilda kompaniya O‘zbekistonda fintex-sanoatining o‘sishi uchun ulkan salohiyatni ko‘rmoqda.

“Moliyaviy texnologiyalar mamlakatimizning iqtisodiy landshaftini o‘zgartirishda davom etmoqda va Paynet ushbu jarayonning bir qismi ekanligidan faxrlanadi. Internet va mobil texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarining oshishi aholi o‘rtasida raqamli moliyaviy savodxonlikni oshirishga xizmat qiladi, fintex-kompaniyalar uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Biz mobil to‘lovlar, onlayn-banking va boshqa raqamli moliyaviy yechimlarga talabning sezilarli darajada oshishini kutmoqdamiz. Paynet yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish uchun sarmoya kiritishda davom etadi”, — ta’kidlaydi Anvar Isamuxamedov.

Kompaniyada salohiyat va o‘sishni ko‘rishmoqda, jumladan, bir yildan so‘ng Paynet har bir foydalanuvchi joylardagi kontaktsiz to‘lovdan tortib, turli raqamli mahsulotlar va xizmatlarni xarid qilishgacha bo‘lgan barcha dolzarb moliyaviy masalalarni hal qila oladigan maydonga aylanishi maqsad qilgan.

reklama


Paynet — aholi va biznes uchun keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etuvchi O‘zbekistondagi elektron to‘lovlar provayderi. Tizim har kuni odamlarga xizmatlar va tovarlar uchun oflayn va onlayn to‘lovlar bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda yordam beradi: kartalarni naqd pul bilan to‘ldirishdan tortib, xorijiy xizmatlar uchun to‘lovlargacha. Kompaniya ko‘plab banklar va moliya korxonalari bilan integratsiyalashgan, bu esa Paynet ilovasidan aholining keng doirasi foydalana olishiga imkon beradi.

Kompaniyada foydalanuvchilar uchun ham, boshqa provayderlar, ya’ni Paynet tizimi orqali to‘lovlarni amalga oshiruvchi kompaniya va xizmatlar uchun ham, imkon qadar qulay yechimlarni yaratishga harakat qilishmoqda. Ayni damda Paynet barcha to‘lovlar bo‘yicha eng yirik agregatorlardan biri bo‘lib, u bilan shartnoma imzolash orqali xizmatlar provayderlari ham jismoniy, ham yuridik shaxslarning katta auditoriyasini qamrab olishlari mumkin.

Sayt: paynet.uz
Instagram: @paynet.uzb
Telegram: t.me/Paynetuz_official

Reklama huquqlari asosida.