Sergey Gimadiyev “Apex Bank” boshqaruvi raisi o‘rinbosari bo‘ldi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi yagona korporativ axborot portalida xabar berildi.

Gimadiyev nomzodi kredit muassasasi kuzatuv kengashi tomonidan 20-may kuni bo‘lib o‘tgan majlisda ma’qullangan. Kengashning to‘rtta a’zosi tayinlash uchun ovoz berishdi.

U 2019-yil iyunidan 2021-yil noyabrigacha “Kapitalbank” boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Shu bilan birga, u “Apelsin” raqamli sho‘ba korxonasini boshqargan.

“Apelsin” mustaqil raqamli bank sifatida ishga tushirilgach, Gimadiyev uning boshqaruv raisi bo‘lib qoldi. U “Uzum bank” rebrendingidan so‘ng o‘z lavozimini saqlab qoldi, biroq 2023-yil iyun oyida o‘z lavozimidan iste’foga chiqdi.

“Apex bank 2023-yil mart oyida Markaziy bankdan litsenziya oldi va o‘zini raqamli bank sifatida ko‘rsatmoqda.


Avvalroq “Spot” Ulug‘bek Tavakalov “Madad Invest bank” boshqaruvi raisi etib tayinlangani haqida yozgandi.