Toshkentdan Samarqandga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbout xizmati xabar berdi.
Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan 775/776-sonli Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishi 27, 28-may kunlari harakatlanadi.
Poyezd jadvali quyidagicha:
775-sonli Samarqand-Toshkent yo‘nalishi
- Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26.
776-sonli Toshkent-Samarqand yo‘nalishi
- Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.
Joriy yilning 24, 25, 26-may kunlari ham 775/776-sonli Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishidagi elektropoyezd harakatlanadi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” 31-may, 1−2 iyun kunlari ham mazkur yo‘nalishda qo‘shimcha harakatni amalga oshiradi.