“Spot” tadbirkorlar va top-menejerlar ish faoliyatlari davomida nimalardan foydalanishlari haqida so‘zlab beruvchi “Ryukzakda nima bor?” nomli loyihani davom ettiradi.

Bu safargi materialda “BTS” pochta bosh direktori Behzod Jalolov bilan suhbatlashdik.

U ish faoliyati davomida asosan nimalardan foydalanishi haqidagi savollarga javob berdi.

Intervyuning to‘liq qismi bu yerda:



Kompaniyamiz to‘liq IT bo‘yicha faoliyat olib boradi. Har bir jarayonlarni, tashish jarayonlari, yukni olib borib berish, bularni hammasi nazorat qilinadi. Hisobotlarni ham onlayn kuzatish imkoniyati bor.

Noutbuksiz ish faoliyatimizni deyarli yurg‘iza olmaydigan holatga ham kelib qolganmiz desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shu sababli ish stolimda asosan noutbugim, klaviatura va noutbukning sichqonchasi turadi. Shuningdek, telefon orqali ham ishlarni kuzataman.

Va yana ish stolimda turadigan narsalardan biri — bu xonamdagi televizor pulti. Men uchun muhim narsa hisoblanadi. Televizorda asosan, taqdimotlarni va hisobotlarni ko‘raman. Hamda asosiy nuqtalarda joylashgan kuzatuv kameralari orqali ishlarni kuzatib boraman.

Shuningdek, stolimda ko‘rishim kerak bo‘lgan hujjatlar, muhr turadi.

Shu bilan birga, telefon yoki komyuterdan himoya qiladigan ko‘zoynak ishlataman.

behzod jalolov, ryukzagda nima bor

Endi ryukzagimga keladigan bo‘lsak, brendimiz logotipi tushirilgan ryukzagni asosan safarlarga chiqadigan bo‘lsam ishlataman.

Viloyatlarga ham, boshqa davlatlarga boradigan bo‘lsam, shu ryukzagimdan foydalanaman, unga chemodan hajmichalik narsa sig‘adi.

Ryukzagimda asosan tashrif qog‘ozim bo‘ladi. Har doim tayyor, qayerga boradigan bo‘lsam ham tashrif qog‘ozim bo‘lishi shart.

Ko‘p narsa olib yurmasam ham ryukzagimda o‘qiyotgan yoki o‘qishni rejalashtirayotgan kitobimni olib yuraman.

behzod jalolov, ryukzagda nima bor

Shuningdek, har doim kerakli narsa — bu “power bank”. Ayniqsa iPhonedan foydalanadiganlar uchun eng kerakli narsa hisoblanadi.

Noutbugimni olib yuraman va asosan shu ish qurollarim bilan chiqaman.

Shu yilgacha boshqa ryukzagdan foydalanib kelardim, oxirgi 2−3 yillikda qaysi davlatga borsam menga hamrohlik qilgan. Hozirgisini esa jamoamiz a’zolari sovg‘a qilishgan.