Savdo-sanoat palatasi meva va sabzavotlarning o‘rtacha eksport narxlarini ma’lum qildi.

Nodavlat notijorat tashkiloti eksport uchun minimal qiymat belgilab kelinayotgani, natijada eksportchilar o‘z mahsulotini yuqori narxda sotayotgani qayd etilgan.

“Bu eksportni to‘xtatish degani emas va bugungi kungacha eksport bir soniyaga ham to‘xtamadi va to‘xtamaydi”, deydi palata.

Quyidagi mahsulotlarda narxlar sezilarli darajada ortgan:


Mahsulot nomi
Minimal qiymati
Amaldagi qiymati
Izoh
1
Gilos
$2
$2,53
2023-yilda 50%idan ortig‘i $0,93dan eksport — 11 ming so‘m qilingan
2
O‘rik
$1,20
$1,75
2023-yilda 50%idan ortig‘i $0,83dan eksport — 9 600 so‘m qilingan
3
Limon
$0,75
$1,23
2023-yilda 50%idan ortig‘i $0,59dan eksport — 6 800 so‘m qilingan
4
Olxo‘ri
$0,90
$1,39
2023-yilda 50%idan ortig‘i $0,34dan eksport — 4 ming so‘m qilingan
5
Shaftoli
$1,50
$2,92
2023-yilda 50%idan ortig‘i $2,06dan eksport — 24 ming so‘m qilingan
6
Qulupnay
$1,20
$1,27
2023-yilda 50%idan ortig‘i $0,78dan eksport — 9 ming so‘m qilingan
7
Pomidor
$0,90
$0,96
2023-yilda 50%idan ortig‘i $0,45dan eksport — 5 200 so‘m qilingan
8
Bodring
$0,70
$0,83
2023-yilda 50%idan ortig‘i $0,37dan eksport — 4 300 so‘m qilingan
9
Qizil bosh karom
$0,50
$0,55
2023-yilda 50%idan ortig‘i $0,12dan eksport — 1 400 so‘m qilingan
10
Lavlagi
$0,32
$0,44
2023-yilda 50%idan ortig‘i $0,23dan eksport — 2 700 so‘m qilingan

Minimal narx belgilanishiga doir qaror eksportyor korxonalarga teng va qulay sharoit yaratish imkonini beradi.

Hech bir davlat organiga eksportni cheklash yoki to‘xtatib qo‘yish vakolati berilmagan, deyiladi xabarda.

May oyi boshida meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berishda minimal eksport narxlari belgilandi. Mazkur mahsulotlarning eksport narxi pasayishining tafovuti 20%dan kam bo‘lmasligi kerak.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchilarga aylanma mablag‘lar uchun 1,5 mlrd so‘mgacha beriladi. Mahsulotlarni faqat mahalliy eksport qiluvchilarga sotuvchi fuqarolar o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.