“MyGov” ilovasining yangilangan versiyasi taqdim etildi. Bu haqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali matbuot xizmati xabar berdi.

Endi mobil ilovaning yangilangan 3.2.81 versiyasidan foydalanish mumkin. Ilova orqali to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan xizmatlar soni 3800tadan ortiq.

Xususan, “Avtotransport” bo‘limida jarimalar uchun to‘lovni amalga oshirish hamda oynalarni qoraytirish, sug‘urta va texnik ko‘rik ma’lumotlari va muddatlari bilan tanishish mumkin.

Ilovaga, shuningdek, “deeplink” funksiyasi qo‘shildi. Bunda ilovada izlamasdan, SMS-xabarnomada yuborilgan havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmatlar uchun to‘lov qilinadi.

Asosiy sahifadagi “Vidjet” oynasi takomillashtirilib, kerakli funksiyalarga tezkor kirish imkoniyati yaratildi. “Mening hujjatlarim” bo‘limi shakllantirildi, u orqali elektron hujjatlarni bir joyda saqlash va boshqarish mumkin bo‘ladi.

Ilovaning iOS uchun yangilangan versiyasini “App Store“dan, Android uchun esa “Google Play” orqali yuklab olish mumkin.


Joriy yilning 15-mayidan ipoteka kreditiga subsidiya olish uchun onlayn arizalar qabuli boshlangandi. Xizmatdan Yagona portal orqali bepul foydalanish mumkin hamda hech qanday hujjat talab qilinmaydi.

“Spot” arizalarni qanday jo‘natish mumkinligi bo‘yicha qo‘llanma taqdim etdi. Xizmatdan havola orqali foydalanish mumkin.