Xorijda taʼlim: Qatardagi AQSh universitetida o‘qiyotgan Firdavs Fayzillaev hikoyasi

Karnegi Mellon universiteti talabasi Qatar hukumatining $320 minglik grant dasturi, oilali bo‘lib kelishga ham ruxsat berilishi, kerakli hujjatlar va talabalarning qayerlarda ishlashi mumkinligi haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Avtokreditlar. 2024-yil may oyi bo‘yicha

Hozirda mavjud 35ta bankdan 16tasida avtokredit rasmiylashtirish mumkin. Kreditlar bir yildan besh yilgacha, 22%dan 34%gacha stavkada taqdim etiladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Treyding: Toshkentdagi o‘quv markazlar, manzillari, kurslar va narxlari

Spot Toshkentdagi o‘quv markazlarida qanday treyding kurslarini o‘rganish mumkinligi, nimalarga e’tibor qaratish kerakligi va ularning narxlari, manzillari haqida ma’lumot to‘pladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Xorijdagi o‘zimiznikilar: Uber kompaniyasi dasturchisi Ozodbek Kamolov hikoyasi

Bolaligidan dasturlashga bo‘lgan qiziqishi Ozodbekni Uber’gacha olib keldi. U faoliyatidagi xatolaridan olgan xulosalari, Uber’ga qanday kelgani va shahar hayoti haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


BTS pochta bosh direktori o‘zi bilan nimalar olib yuradi?

Mazkur materialda Behzod Jalolov ish stolida foydalanadigan va ryukzagida olib yuradigan narsalari haqida ma’lumot berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Yangi va murakkab soha — Markaziy bank raisi o‘rinbosari islom moliyasini tashkil etish haqida.
    2024-yil yakuniga qadar islomiy moliyani yo‘lga qo‘yish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqilib, parlamentga muhokamaga kiritish rejalashtirilgan.
  2. Lacetti uchun 3600ta shartnoma tuzildi — UzAuto Motors.
    Kompaniya kontraktatsiya jarayoni qayta ochilishi haqida oldindan e’lon qilmasdan, 21-may kuni mazkur avtomobil uchun shartnoma berdi.
  3. Tez yordam Call-markazlarida bemorlarga shifokor maslahati yo‘lga qo‘yiladi.
    Joriy yil Toshkentda, kelasi yili boshqa hududlarda paramedik va pediatrik brigadalar tashkil qilinadi
  4. O‘zbekiston IT mehnat bozorida taklif etilayotgan ish haqi qanday?
    Tahlilchilar uchun taklif qilinayotgan ish haqining o‘rtacha maksimal miqdori 32,2 mln so‘mni tashkil etadi.
  5. Oliy o‘quv yurtlarida moliyaviy savodxonlik asoslari o‘qitiladi.
    Mazkur qo‘llanma 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab noiqtisodiy ta’lim yo‘nalishidagi OTMlarda o‘qitila boshlanadi.
  6. Domino’s Pizza Toshkentda birinchi restoranini ochdi.
    O‘zbekiston pitseriya tarmog‘i faoliyat yuritayotgan 95-mamlakatga aylandi. Hozirda boshqa muassasalarning qurilish jarayoni davom etmoqda.
  7. 2024-yilda tadbirkorlarga taqdim etiladigan kafillik va kompensatsiya miqdorlari ma’lum qilindi.
    Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tomonidan banklar orqali taqdim etiladigan kafillik yordamining eng kam miqdori 480 mlrd so‘mni, kompensatsiyaning eng ko‘p miqdori esa 150 mlrd so‘mni tashkil etadi.
  8. Kripto-aktivlar aylanmasi budjetga qancha mablag‘ keltirgani ma’lum qilindi.
    2022-yildan bugungi kungacha mazkur soha ishtirokchilari tomonidan budjetga 40 mlrd so‘mdan ortiq tushum bo‘lgan.
  9. Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda Face-ID usuli joriy qilinadi.
    Mobile-ID tizimida identifikatsiya va qayta identifikatsiyadan o‘tish uchun pul undirilmaydi.
  10. 2025-yildan O‘zbekistonda aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi.
    Fuqarolarga davlat xizmatlar, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, bank, kommunal, sug‘urta kabi xizmatlarni ko‘rsatishda mazkur reyestrdan foydalaniladi.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

O‘zbekistonda jismoniy shaxsning bankrotligi to‘g‘risidagi yana bir ariza ko‘rib chiqishga qabul qilindi

“Zamonaviy Himoya” bosh direktori Umid Akbarov bankrotlik holatida jismoniy shaxslar qayerga murojaat qilishlari mumkinligini aytib berdi.

ANORBANK Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining yillik yig‘ilishida ishtirok etdi

14−16-may kunlari Yerevanda Delivering Impact Together biznes-forumi doirasida bankning vakillari yevropa banklari delegatlari, shuningdek, boshqa moliya institular vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishdi.

TEAM University: tadbirkolar va kompaniya rahbarlari uchun “Samarali rahbar” dasturining to‘rtinchi oqimi boshlanadi

Dastur menejment sohasidagi zamonaviy bilimlarni yetkazish maqsadida top-menejerlar uchun ishlab chiqilgan. Dasturning birinchi moduli 5-iyun kuni boshlanadi.

Uzum servislari “Yil brendi 2023"da 8ta mukofotga sazovor bo‘ldi

Milliy raqamli ekotizim “Savdo”, “Yil kashfiyoti” va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha “Yil brendi” mukofotida sovrinlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldi.

Kuniga 2 mlndan ortiq tranzaksiyalar: Paynet hozir qanday rivojlanmoqda?

Elektron to‘lovlar bo‘yicha operator o‘tgan yil davomida rebrending o‘tkazdi, foyda, daromadlilik va foydalanuvchilar bo‘yicha ko‘rsatkichlarni oshirdi hamda xususiylashtirildi. Shu transformatsiyadan maqsad Paynet’ni aholi uchun eng qulay xizmatga aylantirishdir.

Farruh Mirazizov tibbiyotda innovatsiyalarning muhim roli haqida gapirdi

Farmatsevtika sohasining yetakchi mutaxassislaridan biri Farruh Mirazizov ma’lumotlarni tahlil qilish, yangi dori vositalarini izlash va tadqiqot jarayonlarini optimallashtirish loyihasini joriy etdi.

Samarqandda $112 mlnga to‘rtinchi Coca-Cola zavodi tantanali ravishda ochildi

Anadolu Group O‘zbekiston iqtisodiyotiga $500 mln dan ortiq sarmoya kiritdi va Namangan viloyatida yangi Coca-Sola zavodini qurishni rejalashtirmoqda.

MCA Group Makon Marketing forumida “Yil brendi 2023” mukofotiga sazovor bo‘ldi

18−19-may kunlari Humo Arena`da bo‘lib o‘tgan VI xalqaro Makon Marketing biznes forumida Marketing Communication Agencies Group “Marketing agentligi” nominatsiyasida “Yil brendi 2023” mukofotiga sazovor bo‘ldi.