“Microsoft” kompaniyasi asoschisi Bill Geyts o‘z blogida 2023-yilda yozgi ta’tilda o‘qish uchun eng yaxshi 4ta kitob ro‘yxatini e’lon qildi. Shuningdek, Geyts o‘z nuqtai nazaridan eng diqqatga sazovor serialni ham tavsiya qildi.


“Ayollar”, Kristin Xanna

Ushbu roman norozilik namoyishlari va urushga qarshi kayfiyat bilan larzaga kelgan, mamlakatga qaytishdan oldin Vyetnamda ikki marta frontda xizmat qilgan AQSh armiyasi hamshirasi haqida hikoya qiladi.

Muallif Kristin Xanna yozgan bir qancha kitoblar muvaffaqiyatga erishgan, shu jumladan, bu kitob va men buning sababini tushunaman.

Bu asar ularning aql bovar qilmaydigan qurbonliklari uchun ko‘proq minnatdorchilikka loyiq bo‘lgan bir guruh faxriylarga chiroyli tarzda yozilgan hurmatdir.

bill geyts, kitoblar tavsiyasi, yozgi ta'til


“Yuqumli saxiylik”, Kris Anderson

Yigirma yildan ortiq vaqt davomida “TED Talks"ni boshqarib kelgan Kris internet saxiylikning ta’sirini qanday kuchaytirishi mumkinligini o‘rganadi. U har bir kishi, jumladan, jismoniy shaxslar, hukumatlar va korxonalar ham saxiylikni qanday targ‘ib qilishi mumkinligi haqidagi rejani taklif etadi.

Bu faqat pul berish haqida emas, saxiylik tushunchasini kengaytirishimiz kerakligini ta’kidlaydi.

Agar siz yanada adolatli dunyoni yaratishga yordam berishni istasangiz, lekin qayerdan boshlashni bilmasangiz, bu kitob siz uchun.

bill geyts, kitoblar tavsiyasi, yozgi ta'til


“Ajib yangi so‘zlar”, Sal Xon.

Sal — “Xon akademiyasi” asoschisi, sun’iy intellekt paydo bo‘lishidan ancha oldin ta’lim texnologiyalari sohasida kashfiyotchi bo‘lgan. Shunday qilib, u sun’iy intellektning ta’limni qanday yaxshilashi haqidagi “ajoyib yangi so‘zlar"da bayon qilgani juda asosli.

Salning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt talabalar va o‘qituvchilar tajribasini tubdan yaxshilaydi va barchaga jahon darajasidagi ta’lim olish imkoniyatini beradi.

U shu paytgacha innovatsiyalar o‘qishga ozgina ta’sir ko‘rsatganini yaxshi biladi, ammo sun’iy intellekt boshqacha bo‘lishi haqida ishonchli dalillar keltiradi. Hech kim ta’limning kelajagi haqida Saldan ko‘ra aniqroq tushunchaga ega emas va men “Ajib yangi so‘zlar"ni tavsiya qilishdan boshqa ilojim yo‘q.

bill geyts, kitoblar tavsiyasi, yozgi ta'til


“Insonni qanday bilish mumkin?”, Devid Bruks

Menga Devidning “Fe'l-atvorga olib boradigan yo‘l” kitobi yoqdi, lekin hozirgi o‘qiyotgan kitobim undan ham yaxshiroq, nazarimda.

Sababi kitobning asosiy mazmunini boshqa joyda topa olmadim, ya’ni suhbatlashish va ijtimoiy ko‘nikmalar shunchaki tug‘ma xususiyatlar emasligi, ularni o‘rganish va yaxshilash mumkinligi keltirilgan.

Muallif asarda “baland ovozda tinglash” deb atagan hislati bo‘yicha amaliy maslahatlar beradi, bu atrofingizdagi odamlarga o‘zini eshitgani va qadrlanganini his qilishiga yordam beradi.

Shuningdek, bu kitob nafaqat suhbatlar uchun qo‘llanma balki, bu ko‘proq insonlarning hayot tarzini yaxshilashga doir rejalar to‘plamidir.

bill geyts, kitoblar tavsiyasi, yozgi ta'til


“Sekin otlar”, Jon Le Karre

Men ayg‘oqchilar haqidagi hikoyalarni yaxshi ko‘raman. Lon Le Karrening bir nechta romanlarini o‘qidim va ikkita sevimli filmim -“Ayg‘oqchi o‘yinlar” va “Kondoraning uch kuni"ni tomosha qildim.

Shuningdek, “Sekin otlar"ni eng yaxshilari bilan bir qatorga qo‘ygan bo‘lardim. Bu MI-5 ichidagi xayoliy guruh bo‘lgan “Slough House"ga yuborilgan maxfiy agentlar haqidagi Britaniya seriyalidir, u yerga qattiq ishlagan, ammo ishdan bo‘shatilgan odamlarni yuborishadi.

Gari Oldman asosan Jeyms Bondga qarama-qarshi bo‘lgan “Slough House” rahbari rolini o‘ynaydi. U bema’ni va ichkilikboz bo‘ladi, lekin keyin sizni ajoyib josuslik fokuslari bilan hayratda qoldiradi.

Le Karrening boshqa romanlarida bo‘lgani kabi, “Sekin otlar” ham juda murakkab personajlar va syujetlarga ega bo‘lib, ularga haqiqatan ham e’tibor berish kerak, oxir-oqibat bu o‘z samarasini beradi. (Serial Apple TV+da mavjud.)

bill geyts, kitoblar tavsiyasi, yozgi ta'til