Uznetix — o‘zbek tilidagi onlayn maktab bo‘lib, unda turli yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim beriladi. Onlayn maktab hozirda beshta yo‘nalishda o‘z faoliyatini yuritadi. Bular:

  1. Veb-sayt yaratish kursi.
  2. Investitsiya kursi.
  3. YouTubeda pul ishlash kursi.
  4. Telegram orqali pul ishlash kursi.
  5. Sotuv bo‘yicha kurs.

Uznetix tashkil topganidan beri o‘z oldiga ulkan maqsadni qo‘ygan — sifatli taʼlim O‘zbekistonning har bir fuqarosiga foydalanishi uchun ochiq bo‘lishi. Raqamlashtirish va butunjahon internet davrida, mamlakatlar o‘rtasidagi chegaralar o‘chirilib, axborot tobora ommalashib borayotgan bir paytda, Uznetix nafaqat ta’lim platformasi, balki aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga hissa qo‘shadigan muhim ijtimoiy loyiha sifatida hamda turli sohalarda malakali mutaxassislarni tayyorlashda ham faoliyat ko‘rsatmoqda.

Barcha uchun ochiq ta’lim

Uznetix`ning asosiy tamoyillaridan biri ta’lim olish imkoniyatini cheklovsiz ta’minlashdir. Yashash joyi, ijtimoiy mavqei va yoshidan qatʼi nazar, har kim o‘rganishni boshlashi hamda yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi mumkin. Onlayn maktab kurslari yangi boshlanuvchilar uchun sodda va tushunarli bo‘lishi uchun mo‘ljallangan, shu bilan birga asosiy bilimlarga ega bo‘lganlar uchun yetarlicha chuqur va maʼlumotli bo‘lib qoladi.

O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi

Zamonaviy raqamli iqtisodiyotda ishlashga qodir malakali mutaxassislarni tayyorlash — Uznetix`ning yana bir muhim vazifasidir. Onlayn maktab O‘zbekistonning yetakchi IT-kompaniyalari va tashkilotlari bilan faol hamkorlik qiladi, bu esa talabalarga nafaqat o‘qish, balki ishlab chiqarish amaliyotida (производственная практика) haqiqiy tajriba orttirish imkonini beradi. Bu, o‘z navbatida, mahalliy mutaxassislarning malakasi oshishiga va O‘zbekistonning xalqaro raqamli xizmatlar bozoridagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xulosa

Uznetix O‘zbekistonda internet-ta'limni rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. U nafaqat zamonaviy dunyoda balki muvaffaqiyatga erishish uchun ham zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni beradi, mamlakat jamiyati va iqtisodiyoti hamda madaniyati rivojiga ham katta hissa qo‘shmoqda. O‘z faoliyati tufayli Uznetix nafaqat talabalar, balki professional hamjamiyat o‘rtasida ham ishonch va hurmat qozonib, O‘zbekistonda sifatli va arzon ta’lim ramzlaridan biriga aylandi.

Uznetix talabalari soni kundan-kunga ortib bormoqda, bu taklif etilayotgan kurslarning samaradorligi va dolzarbligining yaxshi tasdig‘idir. Onlayn maktab mamlakat ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shayotgan har bir bitiruvchi bilan faxrlanadi va O‘zbekistonda ta’lim yanada sifatli, qulay va xalqaro standartlarga mos bo‘lishi uchun ishlashda davom etadi.

Reklama huquqlari asosida.