O‘zbekistonliklar xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish, tibbiyot va qurilish sohalari bo‘yicha Germaniyga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Duvenbeck” — yuk avtomobili haydovchisi, oylik maosh 2200 yevrodan boshlanadi.

Nomzodlar uchun talablar:

  • CE toifadagi haydovchilik guvohnomasi;
  • Nemis tili bo‘yicha kamida B1 darajasi (Gyote instituti, ECL, ÖSD, Telc yoki nemis filologiyasi diplomi);
  • 18−41 yosh.

Germaniyada Yevropa Ittifoqi haydovchilik guvohnomasini olish va ro‘yxatdan o‘tish uchun qayta tayyorlash kurslarida o‘qish va 95-kodli sertifikatini olishga tayyorgar bo‘lish (davomiyligi 6−8 oy) kerak.

Nomzodlar qayta tayyorlash kurslaridan keyin kamida 3 yil “Duvenbeck Kraftverkehr” shirkatida ishlashadi.

O‘zbekistonda hujjat ishlarida ko‘mak beriladi, borish xarajatlari qoplanadi hamda doimiy mehnat shartnomasi tuziladi.

Qayta tayyorlash davridagi turar joy xarajatlari hamda ish haqi 3-bosqichli amaliyot davridagi oylik 850 yevro (Netto)ni tashkil etadi.

Undan keyin 1700 yevro (Netto) hamda 500 yevrogacha (Netto) soliqsiz qo‘shimcha haq beriladi.

Zarur hujjatlar:

  • Nemis tilidan sertifikat (B1 daraja yoki xorijiy filologiya (nemis tili) diplomi);
  • Haydovchilik guvohnomasi (pdf shaklda).

Havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.


“NoVo Agency” — hamshiralik va parvarish sohasi, oylik maosh 2000 yevro va kasbiy tasdiqlangandan keyin 2200 yevrodan boshlanadi.

Nomzodlar uchun talablar:

  • umumiy hamshiralik uchun — shifoxonaning turli bo‘limlarida kamida 2 yillik tajriba (faqat bemorlarni parvarishlagan);
  • 39 yoshgacha;
  • sudlanmagan;
  • jismonan sog‘lom;
  • tibbiyot kolleji/texnikumini (faqat 3 yillik texnikum diplomi yoki oliy ma’lumotli hamshiralik diplomi) tamomlagan;
  • bemorlarga g‘amxo‘rlik qilish qobiliyati.

Stomatolog, o‘qituvchilik va dorishunoslik sohasida shug‘ullangan nomzodlar qabul qilinmaydi.

Quyidagi xarajatlar qoplab beriladi va xizmatlar kafolatlanadi:

  • nemis tili o‘qituvchisi va o‘quv materiallari;
  • til darajasi uchun Toshkentdagi Gyote institutida imtihon topshirish;
  • hujjatlarni tarjima qilish va Germaniyada tasdiqlash;
  • o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
  • Germaniyaga aviachipta va aeroportdan ish joyigacha transfer.

Havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.


“ConsultingUz” — hamshiralik, oylik maosh 1800 yevrodan boshlanadi.

Nomzodlar uchun talablar:

  • 40 yoshgacha;
  • sudlanmagan;
  • tibbiyot kollejini tamomlagan (faqat 3 yillik diplom yoki OMX-hamshiralik, davolash ishi);
  • Farg‘ona va Toshkentda tashkil etiladigan nemis tili kurslarida B1 sertifikati uchun o‘qitiladi (dasturda suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ishtirok etadi);
  • ish tajribasi muhim emas.
  • nemis tilidan B1 sertifikati yetarli (ECL; Goethe; ÖSD; TELC).

Afzalliklar:

  • o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar uchun viza olish va Germaniyada ishga joylashish;
  • Toshkent aeroportidan Germaniyaga aviachipta va aeroportdan ish joyigacha transfer;
  • Haftasiga 40 soat ish.

Zarur hujjatlar:

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pdf shaklda);
  • nemis tilini bilish haqidagi sertifikat (agar mavjud bo‘lsa, pdf shaklda);
  • tarjimayi hol (nemis, rus, ingliz yoki o‘zbek tilida);
  • tibbiyot kolleji yoki tibbiyot texnikumini tamomlaganlik haqida diplom.

Havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.


Mehmonxona, restoran ishi, oylik maosh 1800 yevrodan boshlanadi.

Nomzodlar uchun talablar:

  • nemis tilini kamida B1 darajada bilish (sertifikat talab qilinmaydi);
  • 18−40 yosh;
  • sudlanmagan;
  • jismonan sog‘lom;
  • xushmuomalalik va kirishimlilik;
  • sinov muddati 6 oy.

Quyidagi sohalardan birida diplom:

  • turizm menejmenti;
  • mehmonxona ishi;
  • oziq-ovqat texnologiyalari;
  • xalqaro turizm;
  • menejment;
  • germanistika;
  • lingvistika;
  • iqtisodchi;
  • biznesni boshqarish;
  • ingliz tili;
  • nemis tili;
  • fransuz tili.

Loyihaning afzalliklari:

  • Oylik 1800 yevro ish haqi. Mehnat sharoitlari nemislar bilan bir xil (oylik, sug‘urta, ta’til);
  • O‘zbekistondan Germaniyaga bir tomonlama aviachipta va aeroportdan ish joyigacha transfer;
  • arzonlashtirilgan turar-joy bilan ta’minlash.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlar:

  • tarjimayi hol (nemis yoki ingliz tilida);
  • diplom (4-bosqich talabasi diplomni olgandan so‘ng ham jo‘natishi mumkin);
  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pdf shaklda).

Havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.


“The International Placement People” — mehmonxona, restoran ishi, oylik maosh 1800 yevrodan boshlanadi.

Germaniyaga fuqarolar quyidagi sohalarga ishga taklif etiladi:

  • mehmonxona xodimi;
  • restoran xizmatchisi;
  • restoranda tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha mutaxassis;
  • oshpaz va oshpaz yordamchisi.

Oylik maosh — 1800 yevro (soliqlar ushlangandan keyin). Bu mehmonxona, turizm sohalarini kamida kollej, texnikum yoki oliygohni bitirib diplomga va tajribaga ega bo‘lgan nomzodlar uchun.

Bundan tashqari, maktab shahodatnomasi yoki shu sohada “Ausbildung” qilmoqchi bo‘lgan nomzodlar uchun 850 yevro miqdorida stipendiya taqdim etiladi (soliqlar ushlangandan keyin).

Aeroportdan turar joygacha transfer xarajatlari ish beruvchi hisobidan qoplanadi. Arzonlashtirilgan yashash joy topishga ko‘mak beriladi. To‘liq ish vaqti (haftasiga 40 soat), sinov davri 1−4 oyni tashkil etadi.

Nomzodlar uchun talablar:

  • nemis tilidan B1 sertifikat (Gyote, ECL, ÖsD yoki TELC);
  • turizm yoki mehmonxona yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr diplomi;
  • 18 yoshdan 35 yoshgacha;
  • sog‘lom;
  • sudlanmagan;
  • tartibli, do‘stona, xushmuomala bo‘lishi.

Havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Barcha ishlar bo‘yicha ma’lumotlarni +998 71 202 33 55, 71 200 00 61 yoki 1282 qisqa raqamidan olish mumkin.

Avvalroq O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitishning Germaniya modeli joriy etilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Mamlakat haydovchilik, hamshiralik, sanoat va gastronomiya kabi sohalardagi 130 mingdan ortiq ishchi kuchini O‘zbekistondan jalb qilmoqchi.