“EastFruit” tahlilchilariga ko‘ra, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida 2024-yil bahori noodatiy salqin va yomg‘irli bo‘lgan, bu ko‘plab mevalar, jumladan, gilosning pishishida kechikishlarga olib kelgan.

Qayd etilishicha, bu ham ushbu mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘zbekistonda gilosning birinchi ulgurji partiyalari odatda aprel oyining oxirida bozorga chiqsa, 2024-yilda birinchi yirik partiyalar faqat may oyining o‘rtalarida paydo bo‘lgan.

Ayni paytda bozorda 28+ gilosning katta miqdori hali ham mavjud emas, shu sababli xalqaro bozorda eng maqbul bo‘lgan ushbu toifadagi o‘rtacha narx ham belgilanmagan.

An’anaga ko‘ra, O‘zbekistonda gilos mavsumi iyun o‘rtalarida tugaydi, biroq 2024-yilda u may oyining oxirgi haftasida boshlanadi.

Bu ushbu mevalarni eksport qilishda muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, chunki Ukrainada ham mahalliy gilos allaqachon faol sotilmoqda.

Shu bois O‘zbekistonda gilosning narxi agar hosil oldindan kutilganidan past bo‘lmasa, odatdagidan tezroq tushishi mumkin.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda piyoz narxi sezilarli darajada arzonlashayotgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, yangi piyoz hosilining ulgurji savdodagi bir kilogrami narxi 10−12 AQSh sentini tashkil qiladi.