E’tibor qarating: ma’lumotlar faqat nashr etilgan vaqtdagina aktual hisoblanadi va ma’lumot olish uchun taqdim etilgan. Aniq ma’lumotga ega bo‘lish uchun “Spot” to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi.


“Spot” O‘zbekiston banklaridagi kobeyjing kartalarini chiqarish shartlarini o‘rganib chiqdi.

Hozirda bunday kartalarni mavjud 35ta bankdan 10tasida ochish mumkin. Karta ochish narxi esa 15 mingdan 53 ming so‘mgacha.

Kobeyjing kartalari — bu ikkita to‘lov tizimi bilan ishlash imkoniyati mavjud bo‘lgan kartalar hisoblanadi.

Kobeyjing kartalarining boshqalardan farqi shundaki, kartaning old tomonida ikkita to‘lov tizimining logotiplari joylashgan. Bular “UZCARD-Mastercard”, “UZCARD-UnionPay”, “Humo-Visa”, “Humo-Mastercard” bo‘lishi mumkin.

Chet elda to‘lovlarni amalga oshirayotganda kartadagi pul avtomatik ravishda karta egasi istiqomat qiladigan mamlakat valyutasiga konvertatsiya qilinadi.

Ro‘yxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar bank veb-saytlaridan va call-markazlaridan olingan.

Bank nomi
Karta turi
Chiqarish (ming so‘m)
Sug‘urta depoziti
Naqd pul yechib olish*
Tovarlar va xizmatlar uchun to‘lov
Agrobank
HUMO-Visa
51 000-
1%
0,5%
UZCARD-Mastercard
-
1%
0,5%
UZCARD-UnionPay
$10
1,5%
0,5%
Asakabank
HUMO-Mastercard
52 900
15 000
1,5%
0,5%
UZCARD-Mastercard
Aloqabank
UZCARD-UnionPay
30 000
100 000
1%
-
UZCARD-“МIR”
-
-
Davrbank
UZCARD kobeyjing
-30 000
0,5%-
HUMO kobeyjing
Garantbank
UZCARD-UnionPay
40 000-
1%
1%
Humo-Mastercard
25 000
Ipoteka bank
HUMO-Visa
30 000
-
1%
-
HUMO-Mastercard
-
-
Mikrokreditbank
HUMO-Mastercard
20 000
-
1%
-
UZCARD-UnionPay
45 000
Turonbank
HUMO-Visa
36 000
$10
2%
0,5%
Xalq banki
HUMO-Visa15 000-1%-
Unionpay kobeyjing30 000
Ziraat Bank Uzbekistan
UZCARD-Mastercard
50 000
50 000
1%
-

*Mamlakat ichida uchinchi tomon bankomatidan naqd pul olinganda komissiya foizi. Shu bilan birga, komissiya nafaqat kartani chiqargan bank tomonidan, balki bankomatga ega bo‘lgan bank tomonidan ham olinadi. Shuningdek, komissiya bankomat qaysi to‘lov tizimiga tegishli ekanligiga qarab o‘zgaradi. Shu sababli, ba’zi hollarda, jadvalda ko‘rsatilganidan ko‘ra ko‘proq komissiya olinishi mumkin.