“Microsoft” “Telegram” messenjerida sun’iy intellektga asoslangan “Copilot” chat-botining beta-versiyasini ishga tushirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

U ilovada foydalanuvchi savollariga darhol javob bera oladi, shuningdek, boshqa bir qator vazifalarni bajaradi.

“Copilot"da bepul foydalanish chegarasi kuniga 30 ta so‘rov bo‘lib, undan foydalanish uchun telefon raqam orqali ro‘yxatdan o‘tishni tasdiqlash kerak.

Chat-bot foydalanuvchilar va tanqidchilarning sharhlari asosida filmlar yoki teleseriallarni tavsiya qilishi, qulay 4K o‘yin uchun video kartani taklif qilishi, shuningdek, kodni xato bilan tahrirlashi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, agar kerak bo‘lsa, sun’iy intellekt chat-boti ma’lumot manbalariga havolalar beradi.

“Microsoft” avvalroq “Copilot” sun’iy intellekt yordamchisi “Microsoft” o‘yinlarida paydo bo‘lishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek, kompaniya “Copilot” yordamida ekranning ma’lum bir sohasi uchun qidiruv funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda.


Avvalroq “Spot” “Windows” klaviaturalariga yangi maxsus tugma qo‘shilishi haqida yozgandi.

Yangi tugma Microsoft kompaniyasining sun’iy intellekt yordamchisi Copilot’dan foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.