“Pixar” animatsion studiyasi xodimlarining taxminan 14%ini ishdan bo‘shatishni boshladi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, studiya striming seriyalarini ishlab chiqishni qisqartirganligi sababli shunday choralar ko‘rmoqda.

“Walt Disney Co.” bo‘limidagi ishlarning qisqarishi taxminan 175 kishiga ta’sir qiladi.

Bir yil avval 2023-yilning may oyida “Pixar” 75 ta ish joyini qisqartirgan edi. Ushbu qisqartirishlar studiyadagi 10 yil ichida birinchi bo‘ldi.

Animatsiya studiyasi original seriallarni yaratish uchun qo‘shimcha xodimlarni yolladi, chunki “Disney"ning sobiq bosh direktori Bob Chapek kompaniyaning har bir ijodiy bo‘linmasini “Disney+” uchun eksklyuziv kontent yaratishga undadi.

Chapekning vorisi Bob Iger “Disney+"ni rentabellikka olib borishga yordam berish uchun original striming kontentiga xarajatlarni qisqartirdi.

Kompaniyaning “Disney+” va “Hulu” striming xizmatlarini o‘z ichiga olgan ko‘ngilochar bo‘limi so‘nggi chorakda operatsion foydani e’lon qildi.

Joriy yil boshida “Pixar” studiyasi bir qator loyihalarni yakunlashi munosabati bilan ish o‘rinlarini qisqartirish niyatida ekanligi haqida xabar berilgandi.

“TechCrunch” nashri, “Pixar” joriy yilda o‘z xodimlarining 20%ini ishdan bo‘shatishi, studiya xodimlarini 1300dan 1000dan kam odamga qisqartirishi mumkinligini yozgan edi.

“Reuters” manbasi bu ma’lumotni rad etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Pixar” hozircha qisqartiriladigan xodimlar sonini hal qilmagan.


Avvalroq “Spot” “TikTok” 1000ga yaqin xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, ishdan bo‘shatish marketing va operatsion bo‘limlarda ishlayotgan xodimlarga ta’sir qiladi.