Xitoyning “Alibaba” kompaniyasi rus biznesi uchun shartlarni kuchaytirdi. Bu haqda bozordagi manbalarga tayanib, “Kommersant FM” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, kompaniya xaridlar uchun to‘lovni rublni qabul qilishni to‘xtatgan va Rossiyaga yetkazib berishga ruxsat bermayapti.
“Rossiya kartalaridagi to‘lovlar endi amalga oshirilmaydi, ba’zi banklar bundan mustasno, lekin, ehtimol, „Alibaba“ bu pulni bir necha kun ichida qaytarib beradi”, dedi bozor eksperti Artem Bobtsov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “biz qozoq, qirg‘iz va arman kartalari bilan sxemalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi, biroq tovarlar jismoniy jihatdan Rossiyaga qanday jo‘natilishi to‘liq aniq emas”.
Shuningdek, u o‘zgarishlar nafaqat to‘lov siyosatiga, balki tovarlarni jo‘natish siyosatiga ham tegishli ekanligini ta’kidladi.
Bu “ba'zi tranzit sxemalarini jalb qilish” kerakligini anglatadi, bu esa narxlarning oshishiga va bozorlarda tovarlarni sotib olishda “iqtisodiy ma’no” yo‘qolishiga olib keladi.
Avvalroq “Spot” “Alibaba” “EMO” neyron tarmog‘ini taqdim etgani haqida yozgandi.
Neyron taqmoq yordamida rasmlar jonlanishi, gapirishi va hatto qo‘shiq aytishi mumkin.