Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi. Prezidentining 24-may kuni investitsiya loyihasini amalga oshirishga qaratilgan qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan, viloyatning Bo‘ka tumanida quvvati 263 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi hamda havo elektr uzatish tarmog‘ini qurish belgilanmoqda.
Loyiha Xitoyning “China Datang Overseas Investment” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilib, buning uchun jami $150 mln to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etiladi.
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim imzolangan. Investor ishlab chiqarilgan elektr energiyasini jamiyatga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini oladi.
Xitoy kompaniyasi o‘z majburiyatlari lozim darajada bajarilishining ta’minoti sifatida $12 mln birinchi darajali bank kafolatini taqdim etadi.
Havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun sarflangan xarajatlar “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” tomonidan 10 yil davomida oylik to‘lovlar asosida qoplanadi.
Buxoroda quyosh elektr stansiyasi va elektr energiyasi saqlash tizimi quriladi. Loyihani amalga oshirishga Xalqaro moliya korporatsiyasidan $53 mln, boshqa moliya tashkilotlaridan esa $106 mlnlik kredit liniyalari taqdim etiladi.