“Starlink” sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimida nosozlik yuz berdi. Bu haqda kompaniya “X” (avvalgi Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Xabarda qayd etilishicha, kompaniya mutaxassislari allaqachon muammoni hal qilish ustida faol ishlamoqda.

“Reuters” agentligi “Downdetector” resursi ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, aloqa xizmatlari 41 ming 393 foydalanuvchi uchun o‘chirib qo‘yilgan.

“Biz sizning sabr-toqatingiz uchun minnatdormiz. Muammo hal bo‘lishi bilan biz sizni yangilanish haqida xabardor qilamiz”, deyiladi xabarda.

“Starlink” nosozliklari eng ko‘p AQShda qayd etilgan — 39 580dan ortiq, shuningdek, keng tarqalgan nosozliklar haqida xabarlar Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yangi Zelandiya va Meksikadan kelgan.


Avvalroq “Spot” “SpaceX” “Starlink” sun’iy yo‘ldoshi orqali mobil aloqani sinovdan o‘tkazgani haqida yozgandi.

Kompaniya shu orqali an’anaviy tarmoqlardan tashqarida aloqa imkoniyatlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda.