Xorijiy tillar va fanlarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Bu bo‘yicha 29-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli qarori Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
O‘rta maxsus, professional ta’lim, bakalavr, magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan xorijiy tillar bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikatlar ro‘yxati va ularning muvofiqlik darajalari belgilandi.
Bakalavr darajasi uchun quyidagi til sertifikatlari talab etiladi:
Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan til sertifikatlari:
Magistratura va doktorantura uchun talab etiladigan til sertifikatlari ro‘yxatidan ayrimlari chiqarib tashlangan. Bunga “Telegram"dagi “Ta'lim nazorati” kanali e’tibor qaratdi.
Xususan, TOEIC (ingliz tili), TCF (fransuz tili), CELI, CILS (Itaylan tili), JLPT (Yapon tili), DSD II (Nemis tili) hamda ACTFL (arab tili) sertifikatlari bu ro‘yxatda yo‘q.
Bundan tashqari, qaror bilan o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan xorijiy til va fanlarning milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlari ro‘yxati tasdiqlandi.
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda imtiyoz beradigan umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ham bor.
Mazkur qaror kuchga kirgungacha olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagungacha (muddati cheklanmagan sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab 3 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) imtiyoz qo‘llaniladi.
Avvalroq prezident farmoni bilan magistratura va doktoranturaga ayrim yo‘nalishlarda xorijiy til bilish sertifikati darajasi pasaytirilgandi. Ayrim sohalar, madaniyat va sport mutaxassisliklari uchun chet tili sertifikati kamida B1 darajada bo‘lishi kerak.