Qozog‘iston gaz transporti tizimi gaz tranzitini oshirish uchun modernizatsiya qilishni talab qilmoqda, deya xabar berdi “TASS” mamlakat energetika vaziri Almasadam Satkaliyevga tayanib.
Vazir Vladimir Putin 27-may kuni aytib o‘tgan Rossiya “moviy yoqilg‘i"sini O‘zbekistonga yetkazib berishni ko‘paytirish rejalariga izoh berdi. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, 2025-yilda “Gazprom” uni 11 mln kub metrga yetkazmoqchi — bu hozirgi ko‘rsatkichlardan to‘rt baravar ko‘p.
Satkaliyevning ta’kidlashicha, Rossiya Markaziy Osiyo yo‘nalishi bo‘yicha gaz eksportini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda — joriy yilda 3,8 mlrd kub metr tranzit rejalashtirilgan. Biroq, yetkazib berishning keskin o‘sishi gaz quvurlari quvvatini kengaytirishni talab qiladi.
“Yetkazib berish hajmini 11 mlrd kub metrgacha oshirish gaz tashish tizimini modernizatsiya qilishni talab etadi. „QazaqGaz“ kompaniyasi tegishli sarmoya kiritishga tayyor”, — dedi Qozog‘iston energetika vazirligi rahbari.
Vazir, shuningdek, Qozog‘iston uchun gaz tranzitining foydali ekanligini ta’kidladi. Nasos uchun to‘lov bilan bir qatorda, qozog‘istonlik iste’molchilarga paritet tamoyili asosida gaz yetkazib berish haqida gap bormoqda, dedi u.
2023-yilning iyun oyida O‘zbekiston “Gazprom” bilan ikki yillik gaz oldi-sotdisi bo‘yicha shartnoma imzoladi. Kunlik yetkazib berish hajmi 9 mln kub metrni, yillik hajmi esa qariyb 2,8 mlrd kub metrni tashkil etadi.
7-oktabr kuni “Markaziy Osiyo — Markaz” quvuri orqali O‘zbekiston va Qozog‘istonga gaz yetkazib berishga boshlandi. Undan keyin, Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Gazprom” bilan o‘rta va uzoq muddatli gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar muhokamasi boshlanganini ma’lum qildi.
Noyabr oyi boshida “Gazprom” rahbari Aleksey Miller O‘zbekiston va Rossiya 15 yilga gaz bo‘yicha shartnoma tuzishni rejalashtirayotganini aytgandi. Shartnoma imzolanishi 2024-yilning o‘rtalariga kutilmoqda.
Joriy yilning fevral oyida Rossiya elchisi Oleg Malginov tomonlar gaz yetkazib berish hajmini oshirish bo‘yicha yangi kelishuvni muhokama qilayotganini ma’lum qildi.
“Gazprom UGS” bosh direktori Igor Safonov Rossiyadan O‘zbekistonga gaz eksportini yo‘lga qo‘yish gaz tashish tizimini qayta sozlashni talab qilganini qayd etgandi.