Yaponiyaning “Nissan” avtomobil ishlab chiqaruvchisi 84 mingga yaqin eski avtomobil egalarini ularni haydamaslik haqida ogohlantirdi. Bu haqda “CNN” AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, bunga nuqsonli “Takata” xavfsizlik yostiqchalari sabab bo‘lgan, ular to‘qnashuvda portlash xavfini oshiradi, shuningdek, xavfli metall parchalari ajralib chiqadi.

Qaytarib olish 2002−2006 yillardagi “Nissan Sentra”, 2002−2004 yillardagi “Nissan Pathfinder” va 2002−2003 yillardagi “Infiniti QX4” avtomobillarini o‘z ichiga oladi.

“Agar siz ushbu transport vositalaridan biriga ega bo‘lsangiz, ta’mirlash tugaguniga qadar va noto‘g‘ri havo yostig‘i almashtirilmaguncha uni haydamang”, dedi AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bayonotida.


Avvalroq “Spot” “Kia” 2200dan ortiq elektromobillarini qaytarib olishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, qaytarib olishga elektromobillar batareyasining yuqori voltli xavfsizlik ulagichining haddan tashqari qizib ketishi va erishi ehtimoli sabab bo‘lgan.

Shuningdek, “Lamborghini” AQShda 2133ta Urus yo‘ltanlamaslarini qaytarib olishi haqida xabar berilgandi.

Qaytarib olishga katta tezlikda harakatlanayotganda avtomobil kapotining ochilib ketishi xavfi sabab bo‘lgan.