Toshkent shahridagi “School 21” kampusida IT-mutaxassislarni bepul tayyorlash bo‘yicha qabul boshlandi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
Akademiya Toshkent shahridagi Inha universiteti hududida ochilmoqda. Maktabning ochilishi va birinchi saralash bosqichi 2024-yil 26-avgustga rejalashtirilgan.
“School 21” — bu O‘zbekiston va unga yaqin mamlakatlarda istiqomat qiluvchi 18 yoshdan oshgan fuqarolarga IT sohasida talab yuqori bo‘lgan kasbni bepul egallash imkonini beradigan raqamli texnologiyalar maktabi hisoblandi.
Ushbu loyiha Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan amalga oshirilmoqda.
“School 21"da o‘qish istagini bildirganlar havola orqali ariza topshirishlari hamda batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishlari mumkin.
Avvalroq “Spot” “Tumaris.Tech” akseleratsiya dasturining yangi to‘lqini uchun arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.
Dasturda ishtirokchilar startaplarni jahon bozorlariga olib chiqishda yordam olishi mumkin. Arizalar 20-iyungacha qabul qilinadi.