“IT Park” “Tumaris.Tech” ayollar startaplari akselerator dasturi uchun yangi qabul boshlanganini e’lon qildi.

Dastur “Tadbirkorlik va biznesni rivojlantirish” loyihasi bilan hamkorlikda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) homiyligida amalga oshirilmoqda.

Ishtirokchilar eksportni kengaytirish va yangi bozorlarga chiqishda yordam olishlari mumkin.

Startaplar eksport strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha hamda potensial hamkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha maslahatlar oladi.

Shuningdek, “Tumaris.Tech” startaplar hamjamiyati bilan aloqalarni rivojlantirishga yordam beradi.

Dasturda ishtirok etish uchun havola orqali ariza topshirish kerak. Hujjatlar 20-iyungacha qabul qilinadi.

“Tumaris.Tech” loyihasi 2020-yilda texnologiya biznesidagi ayollarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida boshlangan.

Akseleratsiya va inkubatsiyadan tashqari, u raqamli ko‘nikmalar kurslari, seminarlar, xakatonlar va startap ko‘rgazmalarini o‘z ichiga oladi.

2022-yilda “IT Park” “Tumaris.Tech” loyihasini amalga oshirish uchun salohiyatni oshirish nominatsiyasida Axborot jamiyati bo‘yicha Jahon sammiti (WSIS) mukofotini oldi.


Avvalroq “Spot” “IT Park” rezidentlari uchun minimal eksport talablari belgilangani haqida yozgandi.

1-oktabrdan eksport yirik rezidentlar umumiy daromadining kamida 10%ini tashkil etishi zarur. Bu miqdor bosqichma-bosqich oshirib boriladi.