Adliya vazirligi tadbirkorlik faoliyatidagi ma’muriy va byurokratik to‘siqlar bo‘yicha so‘rovnoma e’lon qildi.

Tadqiqot tadbirkorlar uchun qulay muhit yaratish maqsadida olib borilmoqda. Uning natijalariga ko‘ra tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishdagi muammolarni hal etish bo‘yicha taklif va g‘oyalar ishlab chiqish rejalashtirilgan.

So‘rovnoma tadbirkorlik faoliyatini litsenziyalash va ruxsat berish, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun kasb turlarini kengaytirish, soliq ma’muriyati va boshqalarni qamrab oladi. So‘rov butunlay anonim tarzda o‘tkaziladi.

Ushbu havola orqali so‘rovnomani to‘ldirish mumkin.

30-may kuni Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqotni tashkil etish chora-tadbirlarini tasdiqladi.

Unag ko‘ra, muammolarni tezkorlik bilan aniqlash va hal etish uchun respublika komissiyasi va joylardagi ishchi guruhlari tuzilib, maxsus onlayn platforma ham ishga tushiriladi.


Avvalroq “Spot” tadbirkorlar reyting darajasi asosida subsidiya va soliq imtiyozlarini olishlari mumkin bo‘lishi haqida yozgandi.

Qo‘llab-quvvatlash choralari “B” va undan yuqori reyting darajasiga ega tadbirkorlarga 100%gacha miqdorlarda taqdim etiladi.