Uzum Academy rahbari Karine Agavelyan O‘zbekiston Fintex assotsiatsiyasining WeFintech dasturi doirasida tadbirkor ayollar uchun master-klass o‘tkazdi. Karine o‘z taqdimotida marketpleyslar ayollarga o‘z biznesini boshlash va rivojlantirish imkoniyatini berayotgani haqida gapirdi. Shunday qilib, 10 ming dan ortiq tadbirkor va kompaniyalar O‘zbekistondagi yetakchi onlayn platformadan biri bo‘lgan Uzum Market`da o‘z tovarlarini butun mamlakat bo‘ylab sotmoqda.

“Marketpleys ayollar biznesini rivojlantirish uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lishi mumkin. Hozir bizning sotuvchilarimizning qariyb 30 foizi ayollardir. Biz, o‘z navbatida, Uzum Academy`da endigina do‘kon ochmoqchi bo‘lgan sotuvchilar va o‘z do‘konlarini rivojlantirish va tahlil qilish, Unit-iqtisodiyot, marketing, jamoa bilan ishlash asoslari va boshqalarni chuqurroq o‘rganishni istagan tajribali hamkorlarimizni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz. Uzum Market assortimenti allaqachon 700 ming noyob tovar nomlaridan oshib ketgan, ammo talab taklifdan ko‘proq bo‘lgan toifalar mavjud. Ular orasida — uy-ro‘zg‘or buyumlari, mebel, idishlar, uy va hovli uchun dekor va boshqalar bor. Va tadbirkor ayollar o‘z bizneslarini boshlash uchun ko‘pincha aynan shu toifalarni tanlaydilar, ulkan infratuzilmaga ega marketpleyslar esa auditoriyani kengaytirish va biznesni rivojlantirish uchun ajoyib platforma bo‘lishi mumkin”, — dedi Karine Agavelyan.

Uchrashuvning barcha ishtirokchilari Uzum Academy`ning boshlang‘ich sotuvchilar uchun Express kursida bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Facebook: fb.com/uzummarket
Instagram: @uzum.market
Telegram: t.me/uzum_market

Reklama huquqlari asosida.