“YouTube” videoxizmati yangi “Playables” bo‘limini barcha foydalanuvchilar uchun ochiq qildi. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, uning yordamida foydalanuvchilar tasodifiy o‘yinlar o‘ynashlari mumkin.

Xizmatning premium obunachilar 2023-yil noyabr oyidan boshlab yangi bo‘limni sinab ko‘rishlari mumkin edi.

Xizmat keng auditoriya uchun 75 ta video o‘yinlarni taklif etadi, jumladan “Angry Birds: Showdown”, “Daily Solitaire”, “Cut the Rope” va boshqalar.

playables, youtube

O‘ynash uchun foydalnuvchi o‘yinni yuklab olishi yoki o‘rnatishi shart emas — u oqimli ijro rejimida mavjud bo‘ladi.

Video o‘yinlar eng yaxshi ballarni saqlash va kuzatishni qo‘llab-quvvatlaydi. Hozirda “YouTube"da o‘yinlarni kompyuterdagi brauzerda yoki Android yoki iOS’dagi ilovada o‘ynash mumkin.


Avvalroq “Spot” “YouTube” eng qiziqarli daqiqaga qaytish funksiyasini sinovdan o‘tkazayotgani haqida yozgandi.

Funksiya sun’iy intellekt orqali ishlaydi va undan faqat pulli YouTube Premium obunachilari foydalanishi mumkin bo‘ladi.