Janubiy Koreya 2026-yildan uchar taksilarni ishga tushiradi. Bu haqda “TechCrunch” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Archer Aviation” kompaniyasi o‘z samolyotlarini o‘z vaqtida ishlab chiqa olsa taksi reyslarini boshlash uchun “Kakao Mobility” taksi va avtoturargoh kompaniyasi bilan hamkorlik qiladi.

Ta’kidlanishicha, Janubiy Koreyaga ko‘chib o‘tish xalqaro strategiyaning bir qismi bo‘lib, “Archer” o‘sha yilning oxirida BAA va Hindistonda tijorat maqsadlarida ishga tushiriladi.

Uning raqibi “Joby Aviation” ham Janubiy Koreyani “SK Telecom” va “Uber” hamda “T Map Mobility” o‘rtasidagi havo va yerdagi transportni birlashtirgan qo‘shma korxonasi “UT” bilan hamkorlik qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Kakao Mobility” kompaniyasi “Archer Midnight” elektr vertikal uchish va qo‘nish (eVTOL) samolyotiga egalik qilishni va undan foydalanishni rejalashtirmoqda.

“Archer"ning qayd etishicha, uning “Midnight Aircraft” samolyoti qariyb 161 kilometr masofani bosib o‘tish uchun mo‘ljallangan. O‘rtacha, shahar sayohatlari taxminan 32,1 kilometrni tashkil qiladi. U uchuvchidan tashqari to‘rtta yo‘lovchini tashiy oladi.


Avvalroq “Spot” Dubay 2026-yilda uchar taksi xizmatini ishga tushirishi haqida yozgandi.

Birinchi bosqichda Dubayning to‘rtta joyida uchar taksilar uchun uchish va qo‘nish maydonchalari quriladi.

Shuningdek, “Boeing” uchuvchisiz uchar taksilarni ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.

Kompaniya 2030-yilgacha bunday avtomobillar bilan o‘zi boshqariladigan taksilar xizmatini yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda.