“Tesla” xavfsizlik kamarlari bilan bog‘liq muammolar tufayli 125 mingta avtomobilini qaytarib oladi. Bu haqda “Associated Рress” nashri xabar berdi.
Qaytarib olish 2012−2024-yillardagi “Model S”, 2015−2024-yillardagi “Model X”, 2017−2023-yillardagi “Model 3” va 2020−2023-yillardagi “Model Y” avtomobillarni o‘z ichiga oladi.
AQSh Milliy Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, ba’zi transport vositalarida ovozli va vizual xavfsizlik kamarlari eslatmalari kerak bo‘lganda ishlamayapti, bu federal xavfsizlik talablariga javob bermaydi.
Qayd etilishicha, xavfsizlik kamarlaridan ogohlantirish tizimi haydovchilarga xavfsizlik kamarlari bog‘lanmaganligi haqida ovozli va vizual eslatmalar bilan ta’minlashi kerak.
“Tesla” ushbu holat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan 104 ta kafolat da’volarini aniqlaganini aytdi.
Kompaniya ushbu holat bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan to‘qnashuvlar, o‘limlar yoki jarohatlar haqida ma’lumotga ega emas.
Avvalroq “Tesla” kompaniyasi gaz pedalidagi nosozlik tufayli 3,9 mingga yaqin “Cybertruck” elektr pikaplarini qaytarib olishi haqida ma’lum qilgandi.
Shuningdek, fevral oyida “Tesla” AQShda 2,2 mln avtomobilni qaytarib olishi haqida xabar berilgandi.
Qayd etilishicha, avtomobillarning qaytarib olinishiga asboblar panelidagi noto‘g‘ri shrift o‘lchami sabab bo‘lgan.
Avvalroq “Spot” “Nissan” AQShda 84 mingga yaqin eski avtomobillarini qaytarib olishi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, avtomobillarning qaytarib olinishiga nuqsonli Takata xavfsizlik yostiqchalari sabab bo‘lgan.