Yaponiyaning Okinava fan va texnologiya instituti (OIST) amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
Unda butun dunyodan bakalavriaturaning 3−4-kurs, magistraturaning 1−2-kurs talabalari ariza topshirish imkoniyatiga ega. Ro‘yxatdan o‘tgan talabalar o‘z muassasasidan ruxsat olishlari kerak.
Dasturda fizika, biologiya, kimyo, fan, muhandislik, nevrologiya, matematika, hisoblash fanlari va tibbiyot fanlari kabi sohalar bo‘yicha ishtirok etish mumkin.
Nomzodlar CV, maqsad bayoni, tavsiyanoma, diplom va akademik transkriptlar hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni onlayn jo‘natishlari kerak.
Agar nomzod hali o‘qishni tamomlamagan bo‘lsa, o‘quv muassasasidan o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni yuklaydi.
Dastur 2025-yilning bahoridan boshlanib, amaliyot muddati 2 oydan 6 oygacha davom etadi. Talabalar eng kamida 3 oygacha ishtirok etishlari kerak.
Bu vaqtda tatqiqotchilar tajriba orttirish yoki muayyan texnikani o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishadi hamda professor rahbarligida ishlashadi.
Qabul qilingan ishtirokchilar quyidagilar taqdim etiladi:
- kuniga qariyb $16 to‘lov;
- transport xarajatlari;
- sayohat va aviachiptalar uchun to‘lov;
- bepul turar joy;
- sug‘urta va viza to‘lovlari.
Arizalarni joriy yilning 15-oktabrigacha havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.
Foydali havolalar:
tadqiqot amaliyoti dasturi tavsifi;
dastur bo‘yicha fakultet, professor va loyihalarning mavjudligi.
Avvalroq Garvard universiteti qoshidagi Radcliffe instituti tadqiqot dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.