“Toyota” kompaniyasi Rossiyadan 2021-yil 30-sentabrdan hozirgacha sotilgan 3864ta avtomobillarini qaytarib olishini e’lon qildi, deya xabar berdi “Rosstandart”.
"Qaytarib olish VIN-kodlari bilan sotilgan 3864ta “Toyota LC 300”, “LX 500D”, “LX 600″ avtomobillariga taalluqlidir”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, qaytarib olishga ushbu modellardagi tormoz tizimida topilgan muammo sabab bo‘lgan.
Qaytarib olingan transport vositalarining egalari bepul ta’mirlash uchun o‘zlarining eng yaqin dilerlariga tashrif buyurishlari haqida ogohlantiriladi.
Shuningdek, ular “Rosstandart” veb-saytida VIN-kodini solishtirish orqali o‘z avtomobillarining chaqirib olinishi mumkinligi yoki yo‘qligini mustaqil ravishda tekshirishlari mumkin.
2023-yilning dekabr oyida “Toyota” dunyo bo‘ylab 1 mlndan ortiq avtomobilini qaytarib olishi haqida xabar bergandi.
Avtomobillarning qaytarib olinishiga sensordagi qisqa tutashuv xavfsizlik yostiqchalari mo‘ljallangandek ochilmasligiga olib kelishi mumkinligi sabab bo‘lgan.
Joriy yilning fevralida esa orqa eshik tutqichlaridagi nuqson sabab 135 mingdan ortiq avtomobilini qaytarib olishini ma’lum qildi.
Avvalroq “Spot” “Tesla” 125 mingta avtomobilini qaytarib olishi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, avtomobillarning qaytarib olinishiga xavfsizlik kamarlari bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lgan.