Toshkent viloyatidan Rossiyaga 5 mingdan ortiq ishchi yuboriladi. Bu haqda viloyat hokiligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bu borada Rossiya Avtonom notijorat tashkiloti (ANO) Mintaqaviy kadrlar agentligi hamda Toshkent viloyati Bandlik bosh boshqarmasi o‘rtasida memorandum imzolandi.
Liliya Baturskaya boshchiligidagi Nijniy Novgorod viloyati delegatsiyasi hududlardagi tashqi mehnat migratsiyasi sohasida qilinayotgan ishlar bilan tanishdi.
Nijniy Novgorod viloyati bilan tuzilgan bitim kelgusida kadrlar almashinuvi, mehnat migratsiyasini rivojlantirish sohasida uzoq muddatli hamkorlikka qaratilgani ta’kidlandi.
Muzokaralar davomida viloyatdan qishloq xo‘jaligi, qurilish, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, dehqonchilik sohasida 5 mingdan ortiq ishchilar zarurligi, o‘rtacha oylik ish haqi 50−70 ming rublni tashkil etishi qayd etildi.
Migratsiya agentligi o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining asosiy qismi viza talab etilmaydigan — Rossiya, Qozog‘iston va Turkiya kabi mamlakatlarda ishlashini bildirgandi. Joriy yil yakunigacha 300 ming nafar mehnat migrantining O‘zbekistonga qaytishi kutilmoqda.
Fuqarolar turli sohalar bo‘yicha Qatarga ishga jalb qilinadi. Mamlakat Mehnat vaziri tibbiyot, ta’lim, IT, mehmonxona xizmati va OAV kabi sohalarda xorijlik ishchi kuchiga talab yuqori ekanligini ma’lum qildi.
Mamlakatda hunarmand va quruvchilar uchun nemis tili kurslari yo‘lga qo‘yiladi. Nomzodlar Germaniyada o‘qish va kasbiy ta’lim olishlari uchun loyihalarga jalb qilinadi.