O‘zbekistonliklar Slovakiyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqarolar mamlakat korxonasi omborxonasida haydovchi yo‘nalishida ishlashlari mumkin.

Oylik ish haqi (qo‘lga tegadigani) 1080 yevroni tashkil etadi, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi.

Ish haftada — 5 kun (3ta smena), xodim tibbiy sug‘urta qilinadi.

Nomzodlar 20−45 yosh (erkaklar) oralig‘ida bo‘lishi, rus tilini yaxshi bilishi kerak.

Shuningdek, “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasi va sohada 6 oylik tajriba ham talab etiladi.

Ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.

Nomzodlar joriy yilning 6-iyun kuni soat 18:00gacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Batafsil ma’lumotlar bu yerda.


Avvalroq Toshkent viloyatidan Rossiyaga 5 mingdan ortiq ishchi yuborilishi haqida xabar berilgandi. Mamlakatda qishloq xo‘jaligi, qurilish, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hamda dehqonchilik sohalarida ishchi kuchiga ehtiyoj mavjud ekanligi qayd etildi.