Hozirda mavjud 35ta bankdan 16tasida iste’mol kreditlarini olish mumkin. Kredit foiz stavkalari 23%dan 38%gacha bo‘lib, 1 yildan 5 yilgacha beriladi.

Maksimal 200 mln so‘m ipoteka kreditini “Ipak yo‘li banki” va “O‘zsanoatqurilishbank” taklif qilmoqda. “Saderatbank” uch yilgacha muddatga 680 mln so‘m kredit beradi.

Iste’mol krediti quyidagi maqsadlar uchun beriladi:

  • mebel, maishiy texnika, zargarlik buyumlari sotib olish;
  • davolanish, o‘qish yoki sayohat qilish uchun to‘lov;
  • bazmlarni o‘tkazish (to‘y, yubileylar);
  • uy ta’mirlash (xizmat haqi, qurilish materiallarini xarid qilish) va boshqalar.

Kerakli hujjatlar

  • kredit olish uchun ariza;
  • qarz oluvchining pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
  • kamida uch oylik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya;
  • tovar va xizmatlarni sotib olish yuzasidan shartnoma;
  • garov (kredit miqdoriga qarab, bu transport vositasi, ko‘chmas mulk yoki uchinchi tomon kafolati bo‘lishi mumkin).

Kredit ham mahalliy, ham import qilinadigan tovarlarni xarid qilish uchun beriladi.

2023-yil aprel oyida qonun hujjatlariga iste’mol kreditlarini faqat O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarni xarid qilish uchun ajratish to‘g‘risidagi normalarni bekor qiluvchi o‘zgartishlar qabul qilingandi.

Biroq, aksariyat banklar hali ham bunday kreditlarni faqat mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun beradi.

Ro‘yxat alifbo tartibida tuzilgan va banklarni tartiblamaydi. Ma’lumotlar banklar veb-saytlaridan olingan.

Bank nomi
Yillik stavka
Maksimal summa
Muddati
Asakabank
30%
68 mln
3 yilgacha
Asia Alliance bank
27,9%170 mln1 yilga
32%3 yilga
Hamkorbank
27,99%68 mlngacha
1 yilgacha
30%2 yilgacha
32%
3 yilgacha
Infinbank
37,99%
33 mln
18 oy
Ipak yo‘li banki
27,9%
200 mlngacha
3 yilgacha
Madad Invest bank
31,9%100 mlngacha3 yil
Мikrokreditbank
30%
80 mlngacha
4 yilgacha
Оrient Finans Bank
25%
50 mlngacha
3 yilgacha
26%
Poytaxtbank
26%
102 mlngacha
1 yilgacha
27%2 yilgacha
28%3 yilgacha
Saderatbank
23%-26%
680 mln
3 yilgacha
Тrastbank
25%
34 mln
1 yilgacha
27%
68 mln
2 yilgacha
Тuronbank
29%
102 mln
3 yilgacha
Universalbank
36%
68 mln
3 yil
O‘zsanoatqurilishbank
25%
200 mlngacha
1 yil
26%
3 yil
27%5 yil
O‘zmilliybank
26%
68 mln
2 yilgacha
27%
3 yilgacha
Ziraat Bank Uzbekistan
25,5%
102 mln
1 yilgacha
26%
2 yilgacha
28%
3 yilgacha