“Google” tez o‘sib borayotgan bulutli bo‘limida kamida 100ta ish joyini qisqartirmoqda, deya xabar berdi “CNBC” nashri.

Nashrga ko‘ra, ishdan bo‘shatish bo‘linmaning bir nechta jamoalari, jumladan savdo va muhandislik bo‘limidan xodimlariga ta’sir qiladi.

Eng so‘nggi qisqartirishlar “Google” sun’iy intellektga ustuvor ahamiyat berish uchun kompaniya bo‘ylab ish o‘rinlarini qisqartirayotgan bir paytda sodir bo‘ldi.

“Google” 2023-yil boshidan buyon doimiy ishdan bo‘shatishni amalga oshirib kelmoqda.

O‘shandan beri xodimlar cheklangan muddatlarda ishlash, kamroq resurslardan foydalanish va ichki rivojlanish imkoniyatlarini cheklash talablari haqida shikoyat qilmoqdalar.

“Google” o‘tgan oy kamida 200 nafar xodimini ishdan bo‘shatgan. Bosh direktor Sundar Pichai xodimlarga kompaniya 2024-yilning ikkinchi yarmida ishdan bo‘shatishlar soni kamroq bo‘lishini aytdi.


Avvalroq “Spot” “Tesla” butun dunyo bo‘ylab xodimlarining 10%dan ortig‘ini ishdan bo‘shatishi haqida yozgandi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, qisqartirishlar kompaniyaning taxminan 14 000 nafar xodimga ta’sir qiladi.