“X” ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarga ularning qiziqishlariga qarab qisqa va uzunroq videolarni taqdim etadigan funksiyani ishga tushirishga tayyorlanmoqda, deya xabr berdi “New York Post”.
Nashrga ko‘ra, “X” buni foydalanuvchilar baham ko‘rgan video kontentini ajratib ko‘rsatish va uni bitta yorliqda yaratish hamda tartibga solish usuli sifatida tasvirlagan.
Beta versiyasi 2024-yil avgust oyida tanlangan foydalanuvchilar guruhiga taqdim etilishi kutilmoqda.
Bo‘lim “Vine” qisqa video platformasi tajribasini hisobga olgan holda amalga oshirildi, dedi nashr.
Mask 2022-yil oktabr oyida ijtimoiy media platformasini sotib olganidan beri “Twitter"ga integratsiyalangan sobiq 10 soniyalik video ilovasi “Vine"ning yangilangan versiyasini ishga tushirmoqchi edi.
“Twitter” 2016-yil oxirida moliyaviy muammolar tufayli ushbu xizmatni o‘chirib qo‘ygandi.
2024-yil aprel oyida Mask “X"da “Vine"ni qayta tiklash kerakmi yoki yo‘qmi degan so‘rov o‘tkazdi, respondentlarning 69,6%i yoqlab ovoz berdi.
Avvalroq “Spot” “X” ijtimoiy tarmog‘ida audio va video qo‘ng‘iroqlar barcha uchun mavjud bo‘lgani haqida yozgandi.
Ilgari ushbu funksiyadan faqat Premium pullik obunachilar foydalanishi mumkin edi.