Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda vazirlk matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Gulamov Shoxrux Xasanovich O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
Shoxrux Gulamov shu paytgacha ISSV Xalqaro hamkorlik departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan
Bundan tashqari, hukumat qarori bilan Aliyev Akram Zairovich investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.
U shu kunga qadar mazkur vazirlikning Yangi investorlarga hamrohlik qilish Departamenti rahbari lavozimida ishlab kelgandi.
2023-yilning dekabrida Investitsiyalar sanoat va savdo vazirligining viloyat va tuman bo‘limlari tugatilishi ma’lum qilindi.
Yanvarda investitsiya vazirining 3 ta o‘rinbosari xorijiy investitsiya ko‘p talab qiladigan tarmoqlarga, sog‘liqni saqlash va transport sohalariga investitsiya jalb qilish uchun mas’ul etib biriktirildi.