“Telegram” messenjer ichidagi raqamli mahsulotlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun “Stars” virtual valyutasini ishga tushirdi.

Yulduzlarni “App Store” va “Google Play” orqali ilova ichidagi xaridlar yoki “PremiumBot” orqali xarid qilib, ularni botlar tomonidan taklif etiladigan raqamli mahsulotlar, elektron kitoblar va onlayn kurslardan tortib “Telegram” o‘yinlaridagi buyumlargacha sarflash mumkin.

Virtual valyuta “Apple” va “Google” kompaniyalarining raqamli mahsulotlar savdosiga oid oxirgi siyosatlariga mos keladi.

Shuningdek, “Telegram” ekotizimidagi dasturchilar va ularning foydalanuvchilariga mobil ilovalar do‘konlarida ilova ichidagi xaridlar imkoniyatidan misli ko‘rilmagan darajada foydalanish imkonini beradi.

Tez orada dasturchilar o‘z botlari orqali ishlangan yulduzlarni “Toncoin"da “Fragment” orqali yechib olishi mumkin bo‘ladi.

O‘zgarishlar jismoniy mahsulotlar va xizmatlariga taalluqli emas — ularni avvalgidek qo‘llab-quvvatlanadigan to‘lov provayderlaridan biri yordamida xarid qilish mumkin bo‘ladi.


Avvalroq “Spot” “Telegram"da navbatdagi yangilanishlar taqdim etilgani haqida yozgandi.