“WhatsApp Business"da sun’iy intellekt xususiyatlari paydo bo‘ladi. Bu haqda “vc.ru” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, u reklama yaratish va mijozlarga avtomatik javob berish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Messenjer foydalanuvchilari “Facebook” va “Instagram” kabi reklamalarni yaratish uchun sun’iy intellektdan foydalanishlari mumkin, dedi Mark Sukerberg Braziliyada bo‘lib o‘tgan “Meta Connect” konferensiyasida.
Shuningdek, kompaniya Hindiston va Singapurda tez-tez so‘raladigan savollar ro‘yxati asosida ishlaydigan mijozlarga avtomatik javob yaratish funksiyasini sinovdan o‘tkazmoqda.
“Meta” mijozlar sun’iy intellekt bilan gaplashayotganliklarini tushunishlari uchun yaratilgan xabarlarni belgilashni rejalashtirganliklarini ta’kidladi.
Avvalroq “Spot” “Meta” yangi sun’iy intellektli reklama vositalarini taqdim qilgani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, ular kompaniyalarga reklama materiallarini yuklash va bir zumda ularning turli versiyalarini yaratish imkonini beradi.