O‘zbekistonliklar Bolgariyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqarolar uchta yo‘nalish bo‘yicha ariza jo‘natishlari mumkin. Jumladan, muhandislar hamda oyna ishlab chiqarish ishchilar uchun ish haqi har biriga $1100ni, elektriklar uchun esa $832ni tashkil etadi.

Qsmlar va chizmalarni tayyorlovchi va ishlab chiqaruvchi muhandislar ishlab chiqarish chizmalari va sohaga oid dizayn ishlaridagi 4−5 yil tajribaga ega bo‘lishlari kerak.

Oliy ma’lumotga ega bo‘lish hamda ingliz tilini kamida B1 darajada bilish talab etiladi.

Oyna ishlab chiqarish ishchilar duradgorlik sohasida ish tajribasiga (alyuminiy bilan ishlay olish) ega hamda rus tilini mukammal bilishlari kerak.

Elektriklar esa qo‘lda ishlaydigan elektr asboblar bilan ishlash, loyihani o‘qish qobiliyati, soha bo‘yicha erkin fikrlash hamda rus tilini mukammal bilishlari zarur.

Umumiy talablar:

  • 25−35 yosh (erkak);
  • sudlanmagan;
  • kamida 5 yillik tajriba.

Yotoqxona, aviachipta, ish ruxsatnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish, ovqatlanish ish beruvchi tomonidan ta’minlanadi.

Agentlik xizmati, viza, o‘qitish va ko‘niktirish uchun BHMning 10 baravari miqdoridagi to‘lov fuqaro hisobidan olinadi.

Quyidagi har bir soha uchun ro‘yxatdan o‘tishga alohida havolalar berilan:

Fuqarolar 7-iyun kuni soat 09:00dan 18:00gacha ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Avvalroq O‘zbekistonliklar Slovakiyaga ishga taklif etilayotgani haqid xabar berilgandi.