O‘zbekistonda dori-darmon narxlari qanday pasaytiriladi?

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida substansiyalarni ulgurji xarid qilish kompaniyasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Banklardagi iste’mol kreditlari. 2024-yil iyun oyi bo‘yicha

Hozirda mavjud 35ta bankdan 16tasida iste’mol kreditlarini olish mumkin bo‘lib, kreditning maksimal miqdori 680 mln so‘mni, minimal foiz stavkasi 23%ni tashkil qiladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


HR, uning kompaniyadagi vazifasi va sohadagi tanish-bilishchiliklar haqida

HR-mutaxassisi Kozimxon Turaev soha, uning vazifalari va yo‘nalishlari, nima uchun mahalliy kadrlarga kamroq maosh to‘lanishi hamda nomzodlarning intervyu jarayonida yo‘l qo‘yadigan xatolari haqida Spot’ga so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Banklardagi ipoteka kreditlari. 2024-yil iyun oyi bo‘yicha

Mavjud 35ta bankdan 13tasida ipoteka krediti rasmiylashtirish mumkin bo‘lib, o‘rtacha foiz stavkasi 25%ni tashkil qiladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. “Xonadonlarning uchdan birida tabiiy gaz yo‘q” — Jamshid Qo‘chqorov.
    Bosh vazir o‘rinbosari elektr va gaz iste’moli uchun 1-maydan joriy etilgan ijtimoiy limit doirasida gaz bilan ta’minlanmagan uylarni qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilishini ma‘lum qildi.
  2. El-yurt umidi jamg‘armasining stipendiya tanlovi nima uchun e’lon qilinmayotganiga izoh berildi.
    Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov qabul kvotalari keskin oshgani sabab, kechikishlar yuzaga kelganini ma’lum qildi.
  3. O‘zbekistonda bir qator yirik davlat kompaniyalarining eksklyuziv huquqlari bekor qilindi.
    Ular qatorida O‘zmetkombinat, UzGasTrade, O‘zenergosotish hamda O‘zkimyosanoat kabilar bor.
  4. “O‘zbekistonda biznes uchun ikkilamchi sanksiyalar riski saqlanib qolmoqda” — S&P.
    Qayd etilishicha, mamlakatda yechimlar qabul qilishning yuqori markazlashuvi, nazorat va muvozanatning yo‘qligi prognoz qilishni qiyinlashtiradi.
  5. 2024−2025-o‘quv yili uchun OTMlarga hujjat topshirish boshlandi.
    Abituriyentlar my.uzbmb.uz saytining oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bo‘limi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
  6. Kichik AESning birinchi reaktori besh yildan so‘ng ishga tushirilishi rejalashtirilgan — O‘zatom.
    Loyiha qiymati ochiqlanmagan bo‘lib, stansiya Tuzkan ko‘li yonida quriladi.
  7. Markaziy bank birinchi marta xorijiy davlat qimmatli qog‘ozlariga investitsiya kiritdi.
    Shuningdek, Jahon banki ko‘magida oltin-valyuta zaxiralarini diversifikatsiya qilish uchun investitsiya portfeli shakllantirildi.
  8. Paynet orqali bank kartalaridan naqd pul yechish xizmati qayta ishga tushirildi.
    Sinov jarayonlari 1-iyundan boshlanib, 1-dekabrgacha davom etishi belgilangan. Bunda Uzcard va Humo kartalari bilan komissiyasiz naqd pul yechib olish mumkin.
  9. Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi bo‘yicha konsessiya shartnomasi imzolanadi.
    Qo‘shma korxonada Xitoy ulushi 51%ni, boshqa ishtirokchilarniki esa 24,5%ni tashkil etadi. Oktabr oyida temir yo‘lning birinchi tamal toshi qo‘yiladi.
  10. “Davlat manfaatlari birinchi o‘rinda”: sud McDonald’s savdo belgisi huquqlarini himoya qildi.
    Amerika korporatsiyasi O‘zbekistonda tovar belgisidan foydalanishini isbotladi. Da’vogar Reach Impex esa sud qarori ustidan shikoyat qilmoqchi emas.

Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar

Uzum Bank Markswebb versiyasi bo‘yicha banklar va to‘lov servislari ilovalari orasida birinchi o‘rinni egalladi

Bank mutaxassislar tomonidan to’lovlarni amalga oshirish uchun provayderlarning turli xil shakllari, cheklovlarni moslashuvchan boshqarish va qo’llab-quvvatlash xizmatining tezkor ishlashi uchun tan olindi.