O‘zbekistonda 2024−2025 o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul 20-iyundan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar qildi.
Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi:
- 1-bosqich: 20-iyundan 31-iyulgacha mikro-hudud doirasida;
- 2-bosqich: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida.
1-sinfga qabul jarayonlari havoladagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.
Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi.
“Ta'lim to‘g‘risida"gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.
Avvalroq “Spot” 2024-yildan bola tug‘ilganidan so‘ng tegishli biriktirilgan maktabda onlayn hisobga qo‘yilishi haqida yozgandi.
Shuningdek,Barkamol avlod maktablari a’zolarining startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun yillik grantlar ajratib boriladi.