Shavkat Mirziyoyev energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi obyektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
Yig‘ilishda elektromobillar soni oxirgi uch yilda 10 karra oshib, 35 mingtaga yetgani, Jizzaxda elektromobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilayotgani qayd etildi.
Shu munosabat bilan elektr tizimini rivojlantirishda yangi zaryadlash quvvatlarini hisobga olish zarurligi ko‘rsatib tildi.
Endilikda elektromobilni xonadonda quvvatlashni rag‘batlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi. Quvvatlash uskunasiga hisoblagich o‘rnatgan aholiga tungi vaqtda quvvatlaganlik uchun arzon tarif qo‘llanadi.
Shuningdek, ko‘chalar, ko‘p qavatli uylar atrofida 22 kilovattgacha, xonadonda 7 kilovattgacha zaryadlash stansiyasi o‘rnatish mumkin bo‘ladi.
Davlat tashkilotlari, savdo markazi, mehmonxona va dam olish maskanlari avtoturargohida quvvatlash stansiyasi o‘rnatiladi.
Avvalroq “Spot” elektromobillarni zaryadlash stansiyalarini o‘rnatish va tarmoqqa ulash tartibi soddalashtirilgani haqida yozgandi.
Buning uchun yuridik shaxslarga bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda ruxsatnomalar beriladi.