O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 634,92 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 11 so‘m 95 tiyinga pasaydi.
Bungacha dollar kursi 6-iyun, 7-iyun, 23-may, 24-may, 27-may, 28-may, 29-may, 30-may va 31-may kunlari pasaygandi.
15-may kuni dollar kursi yana rekord darajani qayd etib, 12 727 so‘mni tashkil etgandi.
2023-yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi ilk bor 12 ming so‘m chegarasidan o‘tgandi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilgan.