“Telegram” asoschisi Pavel Durov Markaziy Osiyoga tashrif buyuradi. Bu haqda u “Telegram"dagi kanalida ma’lum qilgan.
Hozirgi kunda Dubayda istiqomat qilayotgan Durov mamlakatda havo isib borayotgani, do‘stlari esa Fransiyaning janubi kabi go‘zal joylarga jo‘nab ketishayotganini qayd etgan.
“Telegram bosh direktori sifatida men ta’tilga chiqmayman. Buning o‘rniga men g‘ayrioddiy joylarda foydalanuvchilarimiz bilan uchrashish orqali ishlashda davom etaman. Bu yozda men Markaziy Osiyoda hayot qandayligini ko‘rish, odamlar “Telegram"dan qanday foydalanishi va ularning raqamli ehtiyojlarini o‘rganish uchun o‘rganishga qaror qildim”, — deb yozgan Durov kanalida.
Avvalroq “Telegram” asoschisi Pavel Durov amerikalik jurnalist va “Fox News” telekanalining sobiq boshlovchisi Taker Karlsonga intervyu bergandi.
U intervyuda “Telegram” qanday yaratilgani, “Vkontakte"ni tark etish va ko‘chishi, “Telegram"ning kelajakdagi rivojlanishi haqida gapirgan.
“Spot” avvalroq “Telegram” “Stars” virtual valyutasini ishga tushirgani haqida yozgandi.
U orqali messenjerdagi raqamli mahsulot va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.