Polshaning Vistula universiteti “Merit” grant dasturiga (Vistula University Merit Scholarship) arizalar qabul qilmoqda.

Unda butun dunyodan bakalavriatura va magistratura uchun nomzodlar ishtirok etishlari mumkin. Hozirda 2024−2025 o‘quv yilining kuzgi semestri uchun qabul ochiq.

Dastur Vistula universiteti va Vistula Hospitality maktabida o‘qishni va elchi sifatida faoliyat yuritishni xohlovchi talabalarga moliyaviy yordam beradi.

Nomzodlar kamida IELTS 6.0 sertifikatiga yoki xalqaro miqyosda tan olingan unga tenglashtirilgan boshqa sertifikatga ega bo‘lishi kerak. GPA baholari minimum 90% bo‘lishi talab qilinadi.

Arizalar onlayn qabul qilinadi. Bunda bir martalik ro‘yxatdan o‘tish to‘lovi mavjud (25 yevro).

Nomzodlar o‘zi va yutuqlari haqida hikoya qiluvchi qisqa video bilan birga, motivatsion xat, diplom va ilovasi hamda til bilish sertifikatini jo‘natishlari zarur. Qabul jarayonida nomzodlar bilan qo‘shimcha intervyu olinishi bilan.

Talabalar birinchi o‘qish yili uchun 50%dan 100%gacha o‘qish to‘lovlaridan ozod etiladi. O‘qish davomidagi yuqori akademik va darsdan tashqari ijobiy ko‘rsatkichlar asosida keyingi yillarda ham qoplab beriladi.

Arizalarni joriy yilning 30-iyunigacha havola orqali jo‘natish mumkin. Batafsil ma’lumot bu yerda.

Foydali havolalar:


Avvalroq Yaponiya instituti amaliyot dasturiga arizalar qabul qilayotgani haqida xabar berilgandi.