Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Farmonga ko‘ra, bayramning birinchi kuni 16-iyun, yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Shu munosabat bilan qo‘shimcha ikki dam olish kuni tasdiqlanadi.
Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun — dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18-iyun — seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.
2023-yil dekabr oyida prezident farmoni bilan 2024-yil uchun qo‘shimcha va ko‘chiriladigan dam olish kunlari ro‘yxati tasdiqlandi. Unga ko‘ra, 18 iyun barcha ishchilar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.