iPhone’lar qo‘ng‘iroqlarni yozib olish va ularni matnga tarjima qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqda “The Verge” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, endi qo‘ng‘iroqni amalga oshirishda foydalanuvchi suhbatni yozib olishi mumkin bo‘ladi.

Buni amalga oshirish uchun siz “Karnay”, “Kalitlar” yoki “Ovozni o‘chirish” tugmalari orasida joylashgan tegishli tugmani bosish kerak.

Yozishni boshlash bilan, boshqa tomonsuhbat yozib olinayotganligi haqida ogohlantiruvchi signalni eshitadi. Shu orqali, “Apple” oldindan ogohlantirmasdan va roziliksiz telefon suhbatlarini tinglash va yozib olishni taqiqlovchi xalqaro qonunlarga rioya qiladi.

Saqlangan qo‘ng‘iroq yozuvi “Notes” ilovasida saqlanadi. U yerda uni tinglash yoki qayta o‘qish mumkin.

iOS 18'ga o‘rnatilgan “Apple Intelligence” neyron tarmog‘i audioni matnga tarjima qiladi va dialogning qisqacha bayonini tuzadi.

Funksiya faqat ingliz, ispan, nemis, fransuz, yapon, xitoy, portugal va kanton tillarini qo‘llab-quvvatlaydi va hamma mamlakatlarda ham ishlamaydi.

Shuningdek, funksiya “Apple Intelligence"ni qo‘llab-quvvatlaydigan qurilmalar (iPhone 15 Pro va undan yangi modellar)da mavjud bo‘ladi.


Avvalroq “Spot” “Apple” o‘zining “Apple Intelligence” sun’iy intellekt tizimini taqdim etgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, sun’iy intellekt foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini saqlamasdan uning vazifalarini bajaradi.