Shvetsiyaning “Volvo” kompaniyasi dasturiy ta’minotdagi muammo tufayli 72 mingga yaqin elektromobillarini chaqirib oladi. Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.

Qaytarib olish kompaniyaning yangi to‘liq elektrlashtirilgan “EX30” flagman modelini o‘z ichiga oladi.

Qayd etilishicha, avtomobillar markaziy ekranda dvigatel ishga tushirilganda spidometr sinov rejimiga o‘tishiga sababli qaytarib olinmoqda.

“Volvo” ma’lumotlariga ko‘ra, xatoni bartaraf etish uchun kompaniya dasturiy ta’minotni yangilash kerak.

“Holat bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar yoki jarohatlar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q”, deyiladi kompaniya xabarida.

Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, qaytarib olish boshqa “Volvo” modeliga ta’sir qilmaydi.


Avvalroq “Spot” “Toyota” Rossiyadan 4 mingga yaqin avtomobilini qaytarib olishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, qaytarib olishga ayrim modellarning tormoz tizimida topilgan muammo sabab bo‘lgan.