“WaBetaInfo” portali mutaxassislari “WhatsApp” messenjeri yoshini tasdiqlashni talab qila boshlaganini payqashdi.

Qayd etilishicha, agar foydalanuvchi tug‘ilgan sanasini noto‘g‘ri belgilasa, boshqalar bilan yozishma qila olmasligi mumkin.

Yangi maxfiylik siyosatiga ko‘ra, 13 yoshdan oshganlar “WhatsApp"dan foydalanishlari mumkin. Biroq, ba’zi mamlakatlarda bu chegara boshqacha.

Masalan, AQShning ayrim shtatlarida ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarga kirish uchun foydalanuvchi kamida 15 yoshda bo‘lishi kerak.

Yevropa Ittifoqida messenjerlarga rasman 16 yoshdan oshganlarga, Rossiyada 13 yoshdan boshlab ruxsat berilgan.

Yaqinda Yevropa Ittifoqida Raqamli bozorlar to‘g‘risidagi qonun (DMA) va Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonun (DSA) kuchga kirdi.

Unga ko‘ra, barcha internet xizmatlari juda yosh bolalarning ularga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun foydalanuvchilarning yoshini so‘rashi kerak. Ushbu talabni qondirish uchun “WhatsApp” yoshni tekshirishni joriy qilmoqda.


Avvalroq “Spot” “WhatsApp Business” sun’iy intellekt xususiyatlariga ega bo‘lishi haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, messenjerda reklama yaratish va mijozlarga avtomatik javob berish imkoniyati sinovdan o‘tkazilmoqda.